Hukumat zo‘ravonlik qurbonlariga himoya orderi berish tartibini yangiladi. Endi u profilaktika inspektori tomonidan zo‘ravonlik aniqlangan va davlat xizmatlari portali orqali to‘ldirilgan paytdan boshlab 24 soat ichida beriladi.
Tazyiq va zo‘ravonlikka uchraganlar “102” telefon raqami orqali IIV navbatchilik qismi yoki profilaktika inspektorlariga, “112” yagona dispetcherlik xizmati va 1146 “ishonch telefoni"ga murojaat qilishlari mumkin. 24 soat ichida himoya orderi rasmiylashtiriladi.
Xotin-qizlar ko‘proq ruhiy, shuningdek, jismoniy va iqtisodiy zo‘ravonlikka uchramoqda, dedi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Umida Abdullayeva. Uning aytishicha, 86−87 foiz zo‘ravonlik oilalarda kuzatilyapti. 2024-yilning uch oyida ayollarga 10 mingdan ziyod himoya orderi berilgan.
O‘zbekistonda yilning dastlabki 7 oyida qariyb 21 871 nafar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizga himoya orderi berildi. Qayd etilgan holatlarning 84,7 foizi oilalarda sodir etilgan.
Toshkentda 61 yoshli AQSh fuqarosi Maksim Penson himoya orderi talablarini buzgani va bezoriligi sabab jarimaga tortildi. U turmush o‘rtog‘i S.Razakovani turli so‘zlar bilan haqorat qilib, ayoliga nisbatan tazyiq o‘tkazgan. Sud uni 990 ming so‘m jarimaga tortdi.
Senat ishchi guruhi oiladagi zo‘ravonlikni jinoyat sifatida tan olish to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlagan. Ammo Adliya vazirligi hujjatni eng asosiy qismisiz muhokamaga qo‘ygan. Saida Mirziyoyevaning fikricha, oiladagi zo‘ravonlikka jinoiy jazo belgilanmas ekan, “bir joyda qotib turaveramiz”.
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi «himoya orderi» sud tomonidan 1 yil muddatgacha berilishi belgilanmoqda. Amalda order ichki ishlar idoralari tomonidan 30 kunga beriladi.
O‘zbekistonda 2019 yilda zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar uchun «himoya orderi» instituti joriy etildi. Ekspertlar uning afzalliklarini e’tirof etsa-da, amalda u haqiqiy himoyachiga aylanolmaganini ta’kidlamoqda. Sabablari ko‘p, ulardan biri — zo‘ravonga nisbatan jazoning yengilligidir, deydi ular.
«Gazeta.uz» 25 noyabr — «Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni» munosabati bilan turkum materiallarni e’lon qiladi. Birinchisi — himoya orderi haqida. Unda orderni qayerdan va qanday olish, jabrlanuvchi qay tartibda himoya qilinishi va zo‘ravonga ko‘riladigan choralar haqida bilib olasiz.
Senatorlar himoya orderi talablarini buzganlik uchun jarimani bir necha baravarga oshirishga oid qonunni rad etdi. Ta’kidlanishicha, jarimani oshirish jabrlanuvchining o‘ziga yuk bo‘ladi. «U jarimani to‘laydi, ammo xotini, bolasining imkoniyati chegaralanib qolishi mumkin», — dedi Tanzila Narbayeva.
1 iyunga qadar shaxsning sha’ni va nomusini kamsituvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilashga oid qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Shuningdek, ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlaganlik hamda yaqin qarindoshi bo‘lgan xotin-qizga qasddan tan jarohati yetkazganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Himoya orderi muddati esa 1 yilgacha uzaytiriladi.
Senat raisi tazyiq va zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollar haqida gapirar ekan, himoya orderini hech kim olmasada kerak, degan fikrda bo‘lganini aytdi. «Ayniqsa O‘zbekistonda, uzoq qishloqlarda yashayotgan ayollar uyimdagi gap-so‘zlar ko‘chaga chiqmasin deydi. Bu tizim qanday ishlar ekan deb o‘ylasam, 1 yil ichida 15 ming ayol himoya orderini olibdi», — dedi u. Shuningdek, himoya orderini erkaklar ham olishi mumkinligi, qolaversa uning muddatini bir oydan uzoqroqqa cho‘zish hamda bu boradagi qonunchilikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqilayotgani ma’lum qilindi.
10 oy mobaynida qariyb 8,5 ming xotin-qiz davlat himoyasiga olindi. Ular orasida oilada otasi yoki onasi tomonidan zo‘ravonlikka duch kelgan qizlar ham bor. Shuningdek, himoya orderi olinishi natijasida 418 ta oila ajrashib ketdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting