AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Pekinda Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashdi. Muzokaralarda Xitoy tomoni Rossiyaga halokatli qurollar yetkazib bermaslikka va’da berishini, Tayvan masalasida esa yon bermasligini ma’lum qildi. AQSh tomoni esa Shinjon va Gonkongdagi inson huquqlari masalasini ko‘tardi.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyni Ukraina-Rossiya mojarosida ikkala tomonda ham o‘ynash va Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatishni ko‘rib chiqayotganlikda ayblagandi. Xitoy TIV rasmiysi Mao Nin AQShning o‘zi urushni halokatli qurollar bilan ta’minlab, faktlarni buzib ko‘rsatayotganini bildirdi.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Ostonada bergan intervyusida aytishicha, AQSh Markaziy Osiyo mamlakatlariga xavfsizlik, iqtisodiy farovonlik va jamiyat barqarorligini oshirish imkoniyatlarini yaratishda yordam bermoqda. Buning uchun kuchli institutlar, jumladan erkin OAV va fuqarolik jamiyati kerak, deydi u.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya-Ukraina urushi Putinning birgina qarori bilan yakunlanishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, Xitoyni Rossiya tashviqotini ilgari surib, xalqaro tashkilotlarda uning manfaatlarini himoya qilishda aybladi.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida savdoni diversifikatsiya qilish va hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi. U, shuningdek, mintaqa davlatlari Rossiyaning sanksiyalarni aylanib o‘tishi borasidagi harakatlarini oldini olish borasidagi faoliyatini e’tirof etdi.
Shu vaqtgacha O‘zbekistonga davlat kotiblaridan-da martabaliroq amerikalik amaldor kelmagan. 1992 yildan beri AQSh tashqi siyosatiga mas’ul Davlat departamentiga 11 kishi rahbarlik qilgan bo‘lsa, ularning to‘rt nafari O‘zbekistonga kelmagan. Entoni Blinken O‘zbekistonga tashrif buyurgan yettinchi davlat kotibidir.
Qozog‘iston o‘z hududidan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi, deya ma’lum qildi mamlakat TIV rahbari Muxtar Tleuberdi. Qozog‘iston hozircha Rossiyadan xavf yoki tahdidni sezayotgani yo‘q, dedi u Ostonada AQSh davlat kotibi bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Toshkentda jurnalistlarga bergan intervyusida tashqi propaganda va dezinformatsiyaga qarshi kurashishda mustaqil va ochiq OAV uchun sharoit yaratish zarur ekanini qayd etdi. «Odamlarga nima to‘g‘ri va nima noto‘g‘riligini o‘zlari hal qilish imkoniyatini berish kerak», — dedi u.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning O‘zbekistonga tashrifi TIV rahbari v.b. Baxtiyor Saidov bilan uchrashishdan boshlandi. U «Hast Imom» majmuasiga bordi va Access dasturi talabalari bilan ko‘rishdi. Qolaversa, Blinken Shavkat Mirziyoyev qabulida ham bo‘ldi, keyin esa OAV vakillari bilan uchrashdi.
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar Markaziy Osiyo uchun iqtisodiy salbiy ta’sir ko‘rsatishini tushunadi, shu bois ularni yumshatish va kamaytirish uchun barcha sa’y-harakatlarini qiladi, dedi AQSh davlat kotibi. U MOda savdoni diversifikatsiya qilish va ish o‘rinlari yaratish uchun $25 mln ajratilishini ma’lum qildi.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Toshkentda uning «mintaqaviy va ikki tomonlama masalalar bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish» bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. U 1 mart kuni Hindistonga jo‘nab ketadi.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken qator mintaqaviy va ikki tomonlama masalalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qilish uchun kelasi hafta O‘zbekistonga keladi. Shuningdek, u mintaqa davlatlari tashqi ishlar vazirlarining C5+1 formatidagi uchrashuvida qatnashadi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning AQSh davlat kotibi Entoni J. Blinken bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Davlat kotibi AQShning O‘zbekiston bilan strategik sherikligini chuqurlashtirish istagini bildirib, O‘zbekistonning Afg‘onistonda adolatli va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatilishini doimiy qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdorlik bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting