AQSh davlat kotibi Entoni Blinken boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

U Ostonadan uchib keldi va u yerda Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining C5+1 formatidagi uchrashuvida ishtirok etdi.

Toshkentda uning rasmiylar bilan «bir qator mintaqaviy va ikki tomonlama masalalar bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish» yuzasidan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Bu uning O‘zbekistonga birinchi tashrifi bo‘ladi.

1 mart kuni u Nyu-Dehliga jo‘nab ketadi. Unda G20 tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida oziq-ovqat va energetika xavfsizligi, barqaror rivojlanish, giyohvandlikka qarshi kurash, global sog‘liqni saqlash, gumanitar yordam va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, gender tenglik va ayollar huquqlarini kengaytirish sohalarida ko‘p qirralilikni mustahkamlash va hamkorlikni chuqurlashtirishga e’tibor qaratiladi