AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning O‘zbekistonga tashrifi 1 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov bilan uchrashuvdan boshlandi.

«AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik. Biznes almashinuvi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, O‘zbekistonning kadrlar salohiyatini oshirish, Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash va boshqa qator masalalar bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni birlashtirishga kelishib oldik», — deb yozadi u o‘zining Telegram kanalida.

ақш davlat kotibi, энтони блинкен

Baxtiyor Saidovning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston «AQSh hukumati tomonidan O‘zbekiston prezidentining islohotlar dasturini muntazam va har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganini yuksak qadrlaydi».

Shundan so‘ng Entoni Blinken Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi «Hast Imom» tarixiy me’moriy ansambli bilan tanishdi. «Gazeta.uz» muxbiri ushbu tashrifni suratga oldi.

ақш davlat kotibi, энтони блинкен

«O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyatini o‘zida aks ettirgan masjidga tashrif buyurish men uchun katta sharafdir. Men Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning boy tarixiy merosini asrab-avaylash yo‘lida birgalikda harakat qilayotganidan faxrlanaman», — dedi AQSh davlat kotibi.

ақш davlat kotibi, энтони блинкен

Shuningdek, Entoni Blinken AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan amalga oshirilayotgan Access dasturi orqali ingliz tilini o‘rganayotgan bir guruh maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga diplomatik vakolatxona xabar berdi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida (O‘zDJTU) 2022 yil noyabr oyida boshlangan ikki yillik Access dasturi iqtisodiy ahvoli og‘ir oilalarning iqtidorli bolalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, darsdan tashqari mashg‘ulotlar va yozgi intensiv mashg‘ulotlarda ingliz tili asoslarini o‘rgatadi. AQSh elchixonasi O‘zbekiston bo‘ylab 17 ta Access markaziga ega bo‘lib, ularda 700 dan ortiq o‘quvchi ingliz tilini o‘rganadi.

AQSh davlat kotibi 14−16 yoshli 12 nafar o‘quvchi bilan uchrashdi, ular Amerikadagi Prezident kuni bayrami haqidagi bilimlarini, shuningdek, sevimli filmlari, taomlari va mashg‘ulotlari haqidagi savollarga javob berish qobiliyatini namoyish etdi.

ақш davlat kotibi, энтони блинкен

Entoni Blinken Amerikaning Fulbright dasturi bo‘yicha universitetga taklif etilgan o‘qituvchi Viktoriya Rahmonova va assistent Eshli Leyn tomonidan olib borilgan darsda ham ishtirok etdi. Eshli Leyn O‘zbekiston bo‘ylab universitet talabalariga ingliz tilini o‘rgatish va AQSh madaniyati haqida ma’lumot berish bilan shug‘ullanuvchi, yaqinda Amerika kollejini bitirgan 14 nafar yordamchi o‘qituvchidan biri hisoblanadi.

«Kotib Blinkenning Jahon tillari universitetiga tashrifi Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonda ingliz tilini o‘rganish va o‘qitishga katta ahamiyat berayotganining kichik bir ifodasini ko‘rsatdi. 2018 yildan beri AQSh hukumati ingliz tilini o‘rganish va o‘qitish uchun 25 million dollardan ortiq mablag‘ ajratdi. Mablag‘lar sabab yuqori sifatli ingliz tili darsliklari xarid qilindi va hozirda mamlakatimiz bo‘ylab 10 mingta maktabda foydalanilmoqda», — deya ta’kidladi elchixona.

ақш davlat kotibi, энтони блинкен

Bundan tashqari, elchixonaning qo‘shimcha qilishicha, AQSh kiritgan sarmoya O‘zbekistonda 2020 yilda boshlangan «Ingliz tilida so‘zlashadigan millat» (ESN — English Speaking Nation) dasturi doirasida o‘qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirishni ta’minladi, bu yerda amerikalik trenerlar, shuningdek, ingliz tili o‘qituvchilari o‘rta maktabda dars beruvchi 15 mingdan ortiq ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlaydi.

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken, shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Shavkat Mirziyoyev va Entoni Blinken ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsion va innovatsion hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Amerika yetakchi kompaniyalarining O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

ақш davlat kotibi, энтони блинкен

ақш davlat kotibi, энтони блинкен

Davlat kotibi, bundan tashqari, jurnalistlar bilan ham muloqot qildi.