«ekopartiya» tegli maqolalar


Ekopartiya O‘zbekiston prezidentligiga nomzod va uning dasturini tasdiqladi
30 may 2023, 14:21

Ekopartiya O‘zbekiston prezidentligiga nomzod va uning dasturini tasdiqladi

Ekologik partiyadan prezident saylovi uchun Abdushukur Xamzayev nomzod etib tasdiqlandi. Uning dasturida bir martalik plastik va polietilen idishlardan voz kechish, elektron sigaretlarni mamlakatga olib kirishni, 2030-yildan benzinli avtomobillarni sotish va sotib olishni taqiqlash va boshqalar taklif qilingan.

Ekopartiya O‘zbekiston prezidentligiga nomzodini e’lon qildi
11 may 2023, 18:36

Ekopartiya O‘zbekiston prezidentligiga nomzodini e’lon qildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z rahbari Abdushukur Xamzayevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. U bu lavozimda dekabr oyidan buyon faoliyat yuritadi.

Daraxtlar atrofini betonlash davom etmoqda
5 dekabr 2021, 14:47

Daraxtlar atrofini betonlash davom etmoqda

Jizzax viloyatining Gagarin shaharchasida 75 tup daraxt atrofi betonlab chiqildi. Ushbu holat tanqidlar ostida qolib ketganidan so‘ng ular atrofi betondan tozalandi, biroq bu yangi savollarni keltirib chiqardi. Daraxtlar tubini asfaltlash va betonlash amaliyoti uzoq yillardan buyon davom etib kelmoqda va oxiri tugamaydiganga o‘xshaydi. Ekopartiya birgina jarima bilan muammo hal bo‘lmasligini ma’lum qildi. Daraxtlar keyinroq qayta o‘tqazildi.

«Qing‘irlikning hidi kelyapti» — Ekopartiya rahbari daraxtlarning yashirincha kesilishi haqida
23 sentabr 2021, 13:48

«Qing‘irlikning hidi kelyapti» — Ekopartiya rahbari daraxtlarning yashirincha kesilishi haqida

Ekopartiya rahbari va prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov turli xil bahonalar bilan va aholini ogohlantirmasdan daraxtlarning kesilayotganligini tanqid qildi. U daraxtlar kesilishi yo boshqa joyga ko‘chirilishi bilan bog‘liq holatlarda jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yishga chaqirdi. 17 sentabr kuni Sirdaryoda «salomatlik yo‘lakchalari»ni qurish uchun 13 ta daraxt qo‘porilgan edi.

«Biz kelajak uchun javobgarmiz» — Ekopartiya nomzodi Narzulla Oblomurodov saylovoldi dasturini e’lon qildi
27 avgust 2021, 14:14

«Biz kelajak uchun javobgarmiz» — Ekopartiya nomzodi Narzulla Oblomurodov saylovoldi dasturini e’lon qildi

Ekopartiya Narzulla Oblomurodovni prezidentlik saylovlari uchun nomzod sifatida tasdiqladi. Oblomurodovning «Biz kelajak uchun javobgarmiz» shiori ostidagi saylovoldi dasturidan yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, chiqindilarni resursga aylantirish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, Orol mintaqasida vaziyatni yaxshilash, sud organlariga ishonchni oshirish, sog‘liqni saqlash hamda O‘zbekiston atrofida xavfsizlik mintaqasini yaratish yo‘nalishlari o‘rin olgan. Partiyaning to‘liq dasturi.

Ekopartiya prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini e’lon qildi
4 avgust 2021, 12:42

Ekopartiya prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini e’lon qildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan prezidentlik saylovlarida Narzulla Oblomurodov nomzod sifatida qatnashadi. Partiya prezidentlik saylovlarida ilk bora ishtirok etmoqda.

Poytaxtda daraxtlarni sug‘orish bo‘yicha aksiya o‘tkazilmoqda
3 avgust 2021, 09:51

Poytaxtda daraxtlarni sug‘orish bo‘yicha aksiya o‘tkazilmoqda

Poytaxtda 2 avgustdan 7 avgustgacha «Shahrimiz daraxtlarini birgalikda asraylik!» shiori ostida daraxtlarni sug‘orish aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Narzullo Oblomuradov Ekopartiya raisi etib saylandi
1 fevral 2021, 11:49

Narzullo Oblomuradov Ekopartiya raisi etib saylandi

Ekologiya partiyasining yangi raisi etib Narzullo Oblomuradov saylandi. U bundan avval Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Komiljon Tojiboyev Ekopartiya raisi etib saylandi
20 noyabr 2020, 14:11

Komiljon Tojiboyev Ekopartiya raisi etib saylandi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib Komiljon Tojiboyev saylandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting