O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Komiljon Tojiboyev o‘rniga Narzullo Oblomuradov rais etib saylandi. Bu haqda partiya «Gazeta.uz» ga xabar berdi.

Narzullo Oblomuradov bunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Undan avval esa Prezident administratsiyasi xalq qabulxonasi faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘limini boshqargan.