Toshkent shahrida 2 avgustdan 7 avgustgacha «Shahrimiz daraxtlarini birgalikda asraylik!» shiori ostida daraxtlarni sug‘orish aksiyasi o‘tkazilmoqda. Bir vaqtning o‘zida xar bir xududda ekologik muammolar yuzasidan sayyor qabul xam bo‘lib o‘tadi.

Aksiya Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muxitni muxofaza qilish boshqarmasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi va «Maxsustrans» DUK tashabbusi bilan tashkil etilgan.

So‘nggi haftalarda Toshkent aholisi hokimiyat e’tiborini shaharning ko‘p joylarida daraxtlar quriyotganiga qaratmoqda. Xuddi shu joylar orasida rekonstruksiya qilinayotgan parklar va qurilish ishlari olib borilayotgan hududlar bor.

Yakshanba kuni ko‘ngillilar ishtirokida «Do‘stlik» bog‘i (sobiq Bobur bog‘i) va Pushkin maydonidagi daraxtlarni sug‘orish aksiyasi o‘tkazildi.

Aksiya o‘tkaziladigan manzillar