28-mart soat 21:00 dan 29-mart soat 06:00 ga qadar Toshkent shahridagi Temur Malik ko‘chasida Universitet ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha avtotransport vositalari harakati cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar qildi.

Bu Salar-Xojikent temiryo‘l bekatlari oralig‘idagi temir yo‘l kesishmasining yo‘l izida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari doirasida amalga oshiriladi.