Ichki ishlar organlari dronlardan foydalanishni boshlaydi
23 aprel 2024, 11:45

Ichki ishlar organlari dronlardan foydalanishni boshlaydi

Ichki ishlar organlari faoliyatida dronlardan foydalanish joriy etiladi. Qayd etilishicha, bu IIOga favqulodda vaziyat haqida tezkor ma’lumot olish, vaqt va resursni tejash, shuningdek, YTHlar, yo‘llardagi qoidabuzarliklarni aniqlash, olib qochilgan yoki o‘g‘irlangan avtomobillarni topish imkonini beradi.

9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
23 aprel 2024, 11:15

9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 9 ta viloyatidagi tog‘li joylarda 25−28-aprel kunlari sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.

Tojikiston va Qirg‘izistondan giyohvandlik vositalari olib kirgan shaxslar ushlandi
23 aprel 2024, 11:08

Tojikiston va Qirg‘izistondan giyohvandlik vositalari olib kirgan shaxslar ushlandi

DXX Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalarini olib o‘tgan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Sello ekotizimi mutaxassisi moliyaviy savodxonlik sirlari bilan bo‘lishdi
23 aprel 2024, 11:00

Sello ekotizimi mutaxassisi moliyaviy savodxonlik sirlari bilan bo‘lishdi

Sello kompaniyasining mutaxassisi Mirzonajot Shodiyev moliyaviy savodxonlikni oshirishga yordam beradigan oltita maslahat bilan o‘rtoqlashdi.

Toshkent viloyatida “O‘zmetkombinat” ishchisi omborxonada o‘zini osib qo‘ydi
23 aprel 2024, 10:08

Toshkent viloyatida “O‘zmetkombinat” ishchisi omborxonada o‘zini osib qo‘ydi

Bekobod shahrida “O‘zmetkombinat”ning 53 yoshli ishchisi omborxonada o‘zini osib, joniga qasd qildi. Holat yuzasidan Davlat mehnat nazorat inspeksiyasiga mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi holatini o‘rganish talabnomasi yuborildi. Marhum psixiatr va narkolog ro‘yxatida turmasligi bildirildi.

Urgutdagi tog‘da adashib qolgan fuqarolar qutqarildi
23 aprel 2024, 09:34

Urgutdagi tog‘da adashib qolgan fuqarolar qutqarildi

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Allayaron tog‘ida tunda adashib qolgan fuqarolar qutqarildi. Ular dengiz sathidan 1800 metr balandlikdan topilgan.

Toshkent viloyatida bir oyda 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi
23 aprel 2024, 09:33

Toshkent viloyatida bir oyda 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi

Bo‘ka tumanida bir oyda 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi. AGTKSHda elektron hisobga olish uskunalariga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali uning xotira ma’lumotlari o‘chirilgan.

Chevrolet avtomobillarini endi yanada qulay shartlarda xarid qilish mumkin
23 aprel 2024, 09:00

Chevrolet avtomobillarini endi yanada qulay shartlarda xarid qilish mumkin

Chevrolet hamda “Biznesni rivojlantirish banki” Chevrolet avtomobillarini 15 foizlik boshlang‘ich to‘lov bilan besh yilga kreditga sotib olishni taklif qilmoqda.

Rossiya zarbasi oqibatida Xarkovda teleminoraning bir qismi qulab tushdi
22 aprel 2024, 23:56

Rossiya zarbasi oqibatida Xarkovda teleminoraning bir qismi qulab tushdi

Rossiya harbiylari Ukrainaning Xarkov shahridagi teleminoraga raketa hujumi uyushtirdi. Videotasvirlardan teleminoraning yuqori qismi qanday qulab tushganini ko‘rish mumkin.

Mart oyida gaz, neft va benzin qazib olish kamaydi
22 aprel 2024, 23:28

Mart oyida gaz, neft va benzin qazib olish kamaydi

Mart oyida O‘zbekistonda 2023-yilning martiga nisbatan gaz (-6,5 foiz) va neft (-11,1 foiz), shuningdek, benzin (-1,6 foiz) qazib olish kamaydi. Ko‘mir qazib olish esa biroz oshdi (+0,9 foiz).

Qozog‘istonda elektron sigaretalar taqiqlandi
22 aprel 2024, 20:54 1

Qozog‘istonda elektron sigaretalar taqiqlandi

Qozog‘iston prezidenti chekilmaydigan tamaki mahsulotlari va elektron sigaretalar, ularning suyuqliklarini olib kirish, ishlab chiqarish va sotishni, shuningdek, reklama qilishni taqiqlovchi qonunni imzoladi.

Prezident matbuot xizmatining “Maxsus rakurs” loyihasi qoraqalpoq tilida ham namoyish etila boshladi
22 aprel 2024, 20:29

Prezident matbuot xizmatining “Maxsus rakurs” loyihasi qoraqalpoq tilida ham namoyish etila boshladi

Haftaning prezident ishtirokidagi asosiy voqealariga bag‘ishlangan “Maxsus rakurs” loyihasini nafaqat o‘zbek va rus, balki qoraqalpoq tilida ham namoyish etish boshlandi. Uni tayyorlash uchun Nukusda alohida guruh tuzildi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Xorazmda ayol tanishini bo‘g‘ib o‘ldirib, hovlisiga ko‘mib qo‘ygani aniqlandi
22 aprel 2024, 19:44

Xorazmda ayol tanishini bo‘g‘ib o‘ldirib, hovlisiga ko‘mib qo‘ygani aniqlandi

Xorazm viloyati Urganch shahrida 38 yoshli ayol o‘ziga tanish ayolni uyiga chaqirib, pul masalasida kelib chiqqan janjalda ro‘mol bilan bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ydi. Marhumaning jasadi gumonlanuvchining hovlisidan topildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Senat huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi o‘zgartirishni hali ham ko‘rib chiqmadi
22 aprel 2024, 18:16

Senat huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi o‘zgartirishni hali ham ko‘rib chiqmadi

O‘zbekiston Senati huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid tasvirlarni “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi o‘zgartirishni hali ko‘rib chiqqani yo‘q. Konstitutsiyaga ko‘ra, Senat qonunni ko‘rib chiqishi, aks holda hujjat to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezidentga yuborilishi kerak edi.

O‘zbekistonda aholisi eng tez o‘sayotgan hududlar ma’lum qilindi
22 aprel 2024, 17:07

O‘zbekistonda aholisi eng tez o‘sayotgan hududlar ma’lum qilindi

Toshkent shahri, Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan va Samarqand viloyatlarining aholisi nisbatan tez o‘smoqda. Mamlakat aholisi esa bir yilda 2,1 foizga ko‘paygan.

Hindistonda dunyodagi eng yirik saylovlar boshlandi. Asosiy ma’lumotlar
22 aprel 2024, 17:03

Hindistonda dunyodagi eng yirik saylovlar boshlandi. Asosiy ma’lumotlar

Hindistonda 44 kun davom etadigan parlament saylovlari boshlandi, unda salkam 1 mlrd saylovchi ishtirok etadi. So‘rovlar bosh vazir Narendra Modi boshchiligidagi hukmron Bharatiya Janata partiyasi g‘alaba qozonishini bashorat qilmoqda, shunday bo‘lsa, Modi ketma-ket uchinchi muddatga qayta saylanishi mumkin.

TOK BOR`da depozitsiz quvvatlanish imkoniyati mavjud
22 aprel 2024, 17:00

TOK BOR`da depozitsiz quvvatlanish imkoniyati mavjud

Endi TOK BOR stansiyalarida elektromobilni quvvatlantirish uchun hisobda 10 ming so‘mdan ortiq istalgan summa bo‘lsa bas. Shuningdek, kompaniya biznes egalariga qulay shartlarda hamkorlik taklif qilmoqda.

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
22 aprel 2024, 16:27

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 23−30-aprel kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.

O‘zbekistonlik yosh qilichbozlar jahon chempionatida 4 ta medal oldi
22 aprel 2024, 16:00

O‘zbekistonlik yosh qilichbozlar jahon chempionatida 4 ta medal oldi

Saudiya Arabistonida o‘tgan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonliklar 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalga sazovor bo‘ldi. Sportchilar 27−28-aprel kunlari Parij-2024 litsenzion turnirida ishtirok etadi.

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keladi
22 aprel 2024, 15:10

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keladi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri va sobiq bosh vaziri Devid Kemeron Toshkentga tashrif buyuradi. Uning O‘zbekistondagi hamkasbi bilan muzokaralarida mintaqaviy xavfsizlik, ta’lim, iqlim o‘zgarishi, ikki tomonlama savdo hamda biznes aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama etish reja qilingan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting