Sello Market marketpleysi, Sello Pay to‘lov xizmati va Sello Logistics tovarlarni yetkazib berish xizmatini o‘zida birlashtirgan Sello ekotizimi nafaqat onlayn xaridlar, xizmatlar va to‘lovlar uchun qulay xizmatlarni taqdim etish, balki foydalanuvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirishni ham maqsad qilgan.

Hozirgi tobora murakkablashib borayotgan moliyaviy dunyoda moliyaviy savodxonlikka oid boshlang‘ich bilimlarni egallash — bu nafaqat afzallik, balki hayotiy mahorat. Moliyaviy savodxonlik o‘zingiz va oilangiz uchun pulni samarali boshqarish, tejash va investitsiya qilish uchun bilim va ishonchga ega bo‘lishni anglatadi.

“Pulni to‘g‘ri boshqarish va moliyaviy savodxonlik asoslarini bilish odamga pul topishga, pulni oqilona sarflashga va firibgarlarning hiyla-nayranglariga tushib qolmaslikka yordam beradi. Shaxsiy moliyani tushunish moliyaviy ahvolingizni qanday yaxshilash va to‘g‘ri qaror qabul qilishni anglashga yordam beradi”, — dedi Sello ekotizimining moliyaviy tahlilchisi Mirzonajot Shodiyev.

Moliyaviy savodxonlik nima?

Moliyaviy savodxonlik — pulni boshqarish bo‘yicha ongli va to‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun ko‘nikmalar va bilimlardan foydalanish qobiliyatidir. Moliyaviy savodxonlik — bu pulni qanday sarflash, tejash, qarz olish va oqilona sarmoya kiritishni tushunish qobiliyatidir.

Mirzonajot moliyaviy savodxonlikni oshirishga yordam beradigan amaliy maslahatlar bilan o‘rtoqlashdi.

budjet nazorat ostida

Moliyaviy savodxonlikni oshirishning muhim bosqichi bu aqlli xarid qilish odatlarini rivojlantirish demakdir. Buni amalga oshirishning yo‘llaridan biri — budjetni o‘rganish. Buning uchun barcha daromad va xarajatlarning tahlili talab qilinadi. Agar mijozning daromadi xarajatlaridan oshsa, u shaxsiy budjetini ajoyib boshqarmoqda. Ammo agar xarajatlar daromaddan oshsa, bu budjetni qayta ko‘rib chiqish va, ehtimol, odatlarini o‘zgartirish vaqti kelganini anglatadi.

Aqlli moliyaviy menejmentga birinchi qadam budjetni yaratish va unga rioya qilishdir. Mijoz moliyaviy holati haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishi uchun barcha daromad va xarajatlarini yozib borgani ma’qul. Xarajatlarini uy-joy, transport, oziq-ovqat, o‘yin-kulgi kabi toifalarga ajratishi va har bir toifa uchun chegaralar belgilashi mumkin.

“‎Hozirda daromad va xarajatlarni boshqarish uchun aqlli ilovalardan tortib, Google Sheets`gacha bo‘lgan ko‘plab vositalar mavjud. Men ham barcha xarajatlarim va daromadlarimni yozib borish uchun smartfon yoki kompyuterimda Google Sheets`dan foydalanaman. Aniqlik uchun Dashboard`dan foydalanishingiz ham mumkin”, — o‘rtoqlashdi Mirzonajot Shodiyev.

budjetlashtirish usullari mijoz budjetini boshqarishga yordam beradi. Mirzonajotning ta’kidlashicha, buning bir nechta usullari bor, lekin oddiysi — 50−30−20 usuli hisoblanadi. Ushbu usul Sello mijozi daromadining:

  • 50 foizini asosiy xarajatlarga (ijara, uy-joy kommunal xizmatlari, oziq-ovqat, transport);
  • 30 foizini ikkilamchi xarajatlarga (kiyim-kechak, dam olish, o‘yin-kulgi, sevimli mashg‘ulotlar va boshqalar) ajratishni;
  • daromadning 20 foizini kelajak uchun (investitsiya va jamg‘arma) tejashni o‘z ichiga oladi.

budjetlashtirishning yana bir qulay usuli — konvert usuli. Bu mijozning barcha oylik xarajatlari uchun toifalar yaratishni va har bir toifa uchun ma’lum miqdordagi mablag‘ni qog‘oz yoki raqamli konvertlarga joylashtirishni o‘z ichiga oladi.

Moliyaviy maqsadlarni belgilash

Yaqin va uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarni oldindan aniqlagan ma’qul. Bu yangi smartfon sotib olish, ta’lim kurslari uchun pul to‘lash, sayohat qilish yoki zaxira fondini yaratish bo‘lishi mumkin.

“Maqsadlarga ega bo‘lish mijozni rag‘batlantirishga va resurslarini to‘g‘ri taqsimlashga yordam beradi”, — o‘rtoqlashdi Sello ekotizimining moliyaviy tahlilchisi.

Impulsli xaridlardan saqlanish

Xarid qilishdan oldin, ayniqsa, agar ular qimmat narxda bo‘lsa, bu xarid haqiqatan ham kerakmi yoki yo‘q — o‘ylab ko‘rgan ma’qul. Xarid ro‘yxatini tuzib, unga rioya qilish mumkin. Agar mijozga ushbu katta xarid kerak bo‘lsa, yaxshi taklifni topish uchun turli do‘konlardagi narxlarni solishtirishi mumkin. Yana bir maslahat — mijoz xaridni rag‘bat sifatida ishlatmay, o‘zi uchun boshqa manbalarni topishi mumkin.

Xavfsizlik yostiqchasini yaratish

Hayotda kutilmagan vaziyatlar ko‘p bo‘ladi, masalan, ishni yo‘qotish, shoshilinch davolanish va hokazo. Agar mijozda moliyaviy yostiqcha bo‘lsa, bu qiyin davrni yengil o‘tkazishga yordam beradi. Uning shaxsiy zaxira fondi kamida olti oylik budjetdan iborat bo‘lishi kerak.

Qo‘shimcha daromad manbalarini topish

Qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lish ikkinchi yoki uchinchi ishga sho‘ng‘ish degani emas.

“Siz passiv daromad olishni tashkil qilishingiz mumkin, buni, masalan, ko‘chmas mulkni ijaraga berish, bank depozitlaridan foydalanish yoki marketpleysda tovarlarni sotish orqali qilsa bo‘ladi, misol uchun, Sello Market`da savdogar sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin”, — ta’kidladi Mirzonajot.

Foydali ilovalardan foydalanish

Hozirgi vaqtda budjetni tahlil qilish uchun ko‘plab moliyaviy ilovalar mavjud bo‘lib, unda mijoz asosiy xarajatlarini kuzatishi mumkin. Ular moliyaviy savodxonlikka ega bo‘lishini osonlashtiradi. Masalan, Sello Pay pul o‘tkazmalari va boshqa karta operatsiyalari tarixini kuzatishning qulay usulini taklif etadi. Ilovada mijoz ma’lum vaqt oralig‘ini tanlagan holda barcha elektron to‘lovlar ro‘yxatini ko‘rishi mumkin. Bu har doim xarajatlardan xabardor bo‘lishda va budjetni nazorat qilishda yordam beradi.

Yana bir yoqimli qo‘shimcha — Sello Pay`da identifikatsiyadan o‘tgan barcha foydalanuvchilar 3 mln so‘mgacha bo‘lgan pul o‘tkazmalarini komissiyasiz amalga oshira oladi.

Aksiya haqida batafsil ma’lumotni havola orqali olish mumkin.

Moliyaviy savodxonlik — bu rivojlantirish mumkin bo‘lgan qobiliyatdir. Foydalanuvchi bilimini yaxshilash va moliyaviy barqarorlikni oshirish uchun ushbu oddiy maslahatlardan foydalanishi mumkin.

Telefon: (+998) 78−113−09−00.

Sayt: sello.uz
Facebook: fb.com/sello.uz
Instagram: @sello.uzbekistan
Telegram: t.me/sellouz

Reklama huquqlari asosida.