12−21-aprel kunlari Saudiya Arabistonida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Milliy olimpiya qo‘mitasi unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 4 ta medalga sazovor bo‘lgani haqida xabar berdi.
Oltin medal:
- Sardor Abdukarimbekov (sablya, o‘smirlar)
Kumush medal:
- Alpamis Urakbayev (sablya, o‘smirlar)
Bronza medal:
- Fernanda Errera (sablya, yoshlar)
- Nargiza Jaksibayeva (sablya, o‘smirlar).
Bu o‘zbek qilichbozlarining jahon chempionatlarida qayd etgan eng yaxshi natijasi bo‘ldi. Endi asosi yoshlar jamoasidan iborat sportchilar 27−28-aprel kunlari BAAning Fujayra shahrida o‘tadigan Parij-2024 litsenzion turnirida ishtirok etadi.