Iqtisodiyot

Yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya darajasi 12−12,5% atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda
27 oktabr 2022, 15:06

Yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya darajasi 12−12,5% atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda

Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2022 yil yakuniga ko‘ra inflyatsiya darajasi 12−12,5% atrofida bo‘lishi, 2023 yilda esa 8,5−9,5% gacha pasayishi prognoz qilindi. Mos ravishda YAIM 5,2−5,8%, 2023 yilda 4,5−5% bo‘lishi kutilmoqda.

MB asosiy stavkani 15% darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
27 oktabr 2022, 12:57

MB asosiy stavkani 15% darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qildi.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi oshdi
27 oktabr 2022, 09:35

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi oshdi

Markaziy bank 27-oktabr uchun dollar kursini 11 155,12 so‘m etib belgilagandan so‘ng, tijorat banklari ham o‘z takliflarini o‘zgartirdi.

UzAuto Motors 2023 yilda yarim million avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
26 oktabr 2022, 21:51

UzAuto Motors 2023 yilda yarim million avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

UzAuto Motors 2023 yildayoq 500 mingta avtomobil ishlab chiqarish, istiqbolda esa bu ko‘rsatkichni 1 milliontaga yetkazishni rejalashtirmoqda. «O‘zavtosanoat», UzAuto Motors va General Motors o‘rtasida ishlab chiqarishni kengaytirish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

«Tashabbusli budjet» orqali g‘olib bo‘lmagan 364 ta loyiha qo‘shimcha moliyalashtiriladi
26 oktabr 2022, 15:16

«Tashabbusli budjet» orqali g‘olib bo‘lmagan 364 ta loyiha qo‘shimcha moliyalashtiriladi

Prezident qarori bilan tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarida 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, ammo g‘olib deb topilmagan 364 ta loyihaga qo‘shimcha 335 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

Tijorat banklari dollarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi
26 oktabr 2022, 10:35

Tijorat banklari dollarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi

Markaziy bank 26-oktabr kungi dollarning rasmiy kursini 11 128,70 so‘m etib belgilagandan so‘ng tijorat banklari ham mijozlarga xorijiy valyutaning yangi qiymatda taklif qildi.

2023 yilda Qashqadaryoda 207 mingta ish o‘rni tashkil etish vazifasi qo‘yildi
25 oktabr 2022, 20:20

2023 yilda Qashqadaryoda 207 mingta ish o‘rni tashkil etish vazifasi qo‘yildi

Prezident videoselektor yig‘ilishida Qashqadaryo viloyatida 2023 yilda 207 mingta ish o‘rni yaratish vazifasini qo‘ydi. Jumladan, sanoatda 960 ta loyihani amalga oshirib, 20 ming nafar aholini band qilish mumkinligi aytildi.

Nafaqa oluvchi ehtiyojmand oilalar 2 mlndan oshdi, biroq ularning ayrimlari ehtiyojmand emas — moliya vaziri
25 oktabr 2022, 16:51

Nafaqa oluvchi ehtiyojmand oilalar 2 mlndan oshdi, biroq ularning ayrimlari ehtiyojmand emas — moliya vaziri

Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida moliya vaziri Timur Ishmetov ehtiyojmand oilalar soni oxirgi 3 yilda 600 mingdan 2 mlngacha ortganini ma’lum qildi. Amaliyotda ularning ayrimlari ehtiyojmand emas, yoki aksincha, ehtiyojmand oilalarni qamrab olish yetarli bo‘lmayapti, dedi u.

Tijorat banklari 25-oktabr uchun dollar kursini yangiladi
25 oktabr 2022, 10:10

Tijorat banklari 25-oktabr uchun dollar kursini yangiladi

Markaziy bank dollar kursini 11 112,97 so‘m etib belgilagandan so‘ng, banklarda ham sotish va sotib olish bo‘yicha takliflar o‘zgardi.

O‘zbekiston va Rossiya qariyb 4 mlrd dollarlik loyihalar ustida ishlamoqda
24 oktabr 2022, 21:44

O‘zbekiston va Rossiya qariyb 4 mlrd dollarlik loyihalar ustida ishlamoqda

O‘zbekiston ITSV hamda Rossiya Sanoat va savdo vazirligi umumiy qiymati qariyb 4 mlrd dollarlik 20 dan ortiq loyiha ustida ishlamoqda. Rossiya O‘zbekistonning avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilarining o‘z bozoriga kirishidan manfaatdor ekanligi bildirildi.

IT-xizmatlarini eksport qilayotgan korxonalar soni bir yilda 102 tadan 257 taga yetdi — Sherzod Shermatov
24 oktabr 2022, 20:11

IT-xizmatlarini eksport qilayotgan korxonalar soni bir yilda 102 tadan 257 taga yetdi — Sherzod Shermatov

AKT vaziri Sherzod Shermatov IT-mahsulotlar eksport qilayotgan korxonalar soni bir yilda 102 tadan 257 taga yetganini ma’lum qildi. «Besh yil oldin IT bo‘yicha eskport deyarli bo‘lmagandi», — dedi vazir ICTWeek Uzbekistan haftaligi ochilish marosimida.

Toshkent shahrida 1 kv.metr uchun o‘rtacha ijara narxi yil boshidan buyon 22,4 foizga oshdi — ITIM sharhi
24 oktabr 2022, 17:48

Toshkent shahrida 1 kv.metr uchun o‘rtacha ijara narxi yil boshidan buyon 22,4 foizga oshdi — ITIM sharhi

ITIM tahlillariga ko‘ra, sentabr oyida ijaraga beriladigan uy-joyga bo‘lgan talab keskin oshdi. Poytaxtda o‘rtacha ijara narxi yil boshidan buyon 22,4 foizga qimmatlashdi. Eng yuqori qiymat (1 kv.metr maydon uchun) Shayxontohur ($12,5), Mirobod ($10,8) va Yakkasaroy ($10,8) tumanlarida qayd etildi.

Tijorat banklari 24-oktabr uchun belgilagan dollar kursi
24 oktabr 2022, 11:32

Tijorat banklari 24-oktabr uchun belgilagan dollar kursi

Markaziy bank dollar kursini 11 125,00 so‘m etib belgilagandan so‘ng, tijorat banklari ham mijozlarga dollarni yangi qiymatda taklif qildi.

Sentabr oyida qariyb 7,5 trln so‘mlik kreditlar ajratilgan — MB
24 oktabr 2022, 11:14

Sentabr oyida qariyb 7,5 trln so‘mlik kreditlar ajratilgan — MB

1 oktabr holatiga ko‘ra, mavjud banklarning aksariyatida depozit va kreditlar sonining o‘sishi kuzatildi. O‘tgan oy davomida “Milliy bank"da 5,3 trln so‘m depozitlar qisqargan. Muammoli kreditlar soni bo‘yicha esa “Xalq banki” (3 355) yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

DP World kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda
21 oktabr 2022, 12:20

DP World kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

BAAning yirik port operatorlaridan biri O‘zbekistonda transport-logistika xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha imkoniyatlarni o‘rganmoqda. Kompaniya Toshkent viloyatida logistika markazi qurishga qiziqish bildirdi.

21-oktabr uchun banklar belgilagan dollar kursi
21 oktabr 2022, 11:17

21-oktabr uchun banklar belgilagan dollar kursi

Markaziy bank 21-oktabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 136,41 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari dollar kursining yangi qiymatini e’lon qildi.

PMTI ekspertlari «qo‘ng‘iroq huquqi»ning iqtisodiyotga ta’sirini o‘rgandi
20 oktabr 2022, 16:46

PMTI ekspertlari «qo‘ng‘iroq huquqi»ning iqtisodiyotga ta’sirini o‘rgandi

«Qo‘ng‘iroq huquqi» yoki uning nepotizm ko‘rinishidagi shakli inson kapitalining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, deydi PMTI mutaxassislari. Favoritizm va qarindosh-urug‘chilik esa samaraliroq xodimlarning martabasi oshmasligiga va oqibatda «aqlning» mamlakatdan chiqib ketishiga sabab bo‘ladi.

Oltin-valyuta zaxiralari bir oyda qariyb $584 mlnga kamaydi
20 oktabr 2022, 15:54

Oltin-valyuta zaxiralari bir oyda qariyb $584 mlnga kamaydi

Оktabr oyi boshida O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari bir oyda 583,8 mln dollarga kamayib, 33,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Yalpi xalqaro zaxiralar xajmi yil boshidan beri 1,64 mlrd dollarga yoki 4,7 foizga kamayishni qayd etdi.

20 oktabrda tijorat banklari e’lon qilgan dollar kursi
20 oktabr 2022, 11:30

20 oktabrda tijorat banklari e’lon qilgan dollar kursi

Markaziy bank 20 oktabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 148,99 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari 1 dollarni 11 200 — 11 215 so‘mda taklif qilmoqda.

O‘zbekistonda 9 oyda 216 mingta avtomobil ishlab chiqarildi, ularning har uchinchisi Cobalt
20 oktabr 2022, 10:53

O‘zbekistonda 9 oyda 216 mingta avtomobil ishlab chiqarildi, ularning har uchinchisi Cobalt

O‘zbekistonda to‘qqiz oyda jami 216 380 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Ushbu davrda eng ko‘p Cobalt (69 816 dona), Gentra (64 074 dona) hamda Damas (52 673 dona) yig‘ilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting