UzAuto Motors 2023 yilda yengil avtomobillar ishlab chiqarish quvvatini 500 mingtaga yetkazmoqchi. Kompaniyaning Asakadagi (Andijon viloyati) avtomobil zavodida «O‘zavtosanoat», UzAuto Motors va General Motors kompaniyalari o‘rtasida bu haqdagi shartnoma imzolandi.

Imzolash marosimi General Motors International prezidenti Shilpan Amin boshchiligidagi kompaniya delegatsiyasining Asakadagi UzAuto Motors zavodiga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.

UzAuto Motors matbuot xizmatining xabar qilishicha, ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun yangi modellar ishlab chiqarishdan tashqari, Cobalt va Damas avtomobillarining har birini ishlab chiqarish quvvatini 150 ming donagacha oshirishga qaror qilindi.

Belgilangan maqsadlarga erishish uchun General Motors kompaniyasi butlovchi qismlarni uzluksiz yetkazib berishda qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. General Motors bilan birgalikda UzAuto Motors zavodi ishlab chiqarish hajmini yanada oshiradi, uzoq muddatli istiqbolda u 1 million dona avtomobilni tashkil etadi.

Bundan tashqari, tomonlar UzAuto Motors`ni MDH davlatlari orasida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchiga aylantirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirish zarurligi, shuningdek, Qozog‘iston va Ozarbayjon bilan avtomobillarni kichik tarmoqda ishlab chiqarishni (CKD) muvaffaqiyatli tashkil etishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligi qayd etildi, deyiladi xabarda.

Uchrashuv yakunida «O‘zavtosanoat» va UzAuto Motors General Motors bilan ishlab chiqariladigan avtomobillar liniyasini yangilash, zavodlar quvvatini oshirish hamda ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan qator shartnomalani imzoladi.

oktabr oyida UzAuto Motors jismoniy va yuridik shaxslar sotib olishi mumkin bo‘lgan aksiyalarini birjaga joylashtirish boshlanganini ma’lum qildi. Taqdimotda kompaniyaning ishlab chiqarish hajmi 340 ming dona avtomobil ekani, to‘rt yil ichida 500 mingga yetishi rejalashtirilgani aytilgandi.