1 oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning sof xalqaro oltin-valyuta zaxiralari oy davomida 583,8 mln dollarga kamayib, 33,4 mlrd dollarni tashkil etdi, deya xabar bermoqda Markaziy bank. Jumladan, O‘zbekiston sof xalqaro zaxiralari 2022 yil boshiga nisbatan 1,64 mlrd. dollarga yoki 4,7 foizga kamaydi.

Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar hajmi 541,9 mln dollarga qisqarib, 11,5 mlrd dollarga yetdi.

Oltin zahiralarining qiymati esa 24,9 mlrd dollargacha kamaydi. Ammo shunga qaramasdan ularning fizik hajmi 0,2 mln troy unsiyaga (5,6 tonna) oshib, 12,5 mln troy unsiyaga (taxminan 354,3 tonna) yetdi.


O‘zbekiston yalpi xalqaro zaxiralari 2022 yil boshidan 1,64 mlrd. dollarga yoki 4,7 foizga kamaydi.

Bunda oltin narxining yil boshidagi 1 mlrd 799,2 mln dollardan 1 mlrd 672,7 mln dollargacha pasayishining ta’siri 1,59 mlrd dollarni tashkil qildi.