Markaziy bank boshqaruvining yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda regulyator xabar berdi.

Shu bilan birga, «Pul-kredit siyosatining 2023 yil va 2024−2025 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarining dastlabki konseptual loyihasi» ham ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.

Tafsilotlar bilan 27 oktabr kuni MB binosida o‘tkaziladigan matbuot anjumanida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun, Markaziy bank oktabr oyining ikkinchi yarmida xalqaro tashkilotlarning yangilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari e’lon qilinishini munosabati bilan regulyator asosiy stavka ko‘rib chiqiladigan yig‘ilishni bir haftaga qoldirishga qaror qilgandi.

Asosiy stavka 15% etib dastlab iyulda belgilangandi. Joriy yilning mart oyi o‘rtalarida esa 2018 yildan buyun birinchi marta 17% gacha ko‘tarildi.