O‘zbekistonda yanvar-sentabr oylarida jami 216 380 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lib o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 77 252 dona oshgan, deya xabar bermoqda Statistika qo‘mitasi.

Yengil avtomobillar orasida Cobalt (69 816 dona), Gentra (64 074 dona) hamda Damas (52 673 dona) modellarining ishlab chiqarish hajmida juda yuqori o‘sish kuzatildi. Xususan, joriy yilning 9 oyida qariyb 69 816 dona Cobalt ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 61,2 foizga oshdi.

Shuningdek, yanvar-sentabr oylarida jami 64 074 dona Gentra hamda 52 673 dona Damas ishlab chiqarilgan bo‘lib o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmi mos ravishda 2,1 barobarga va 24,2 foizga ortdi.

Bundan tashqari,17 735 dona Nexia-3 (7,6 foiz), 11 119 dona Spark (61,2 foiz) hamda 540 dona Treker avtomobillari ishlab chiqarildi.