Iqtisodiyot

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
19 oktabr 2020, 12:07

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 7 so‘mga qimmatlab, jami 10 371 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa pasaydi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi UzAuto Motors`ni axloqiy me’yorlardan chetga chiqmaslikka chaqirdi
17 oktabr 2020, 12:52

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi UzAuto Motors`ni axloqiy me’yorlardan chetga chiqmaslikka chaqirdi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi UzAuto Motors kompaniyasini yopiq sud majlisi tafsilotlarini oshkor qilgan holda ahloqiy me’yorlardan chetga chiqmaslikka chaqirdi. 16 oktyabr kuni UzAuto Motors`ning Antimonopoliya qo‘mitasi maxsus komissiyasi qaroriga qarshi da’vosi bo‘yicha uchinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

GAZ O‘zbekistonda tijorat transport vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
15 oktabr 2020, 16:40

GAZ O‘zbekistonda tijorat transport vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Rossiyaning «Gruppa GAZ» kompaniyasi O‘zbekistonda tijorat transport vositalarini yig‘ish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil qiladi. Birinchi bosqichda yiliga 3000 tagacha avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

«Eksport kerak. Qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham mahsulotlarni jo‘natishimiz kerak» — prezident
15 oktabr 2020, 12:07

«Eksport kerak. Qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham mahsulotlarni jo‘natishimiz kerak» — prezident

Prezident eksport bo‘yicha tashabbus va takliflar yetishmayotgani uchun viloyatlar va tarmoqlar rahbarlarini tanqid qildi. «Uch oy vaqt qoldi yil yakunigacha. Eksport kerak. Qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham mahsulotlarni jo‘natishimiz kerak», — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Yanvar-sentyabr oylari davomida iste’mol bozoridagi narxlar 6,3%ga oshdi
14 oktabr 2020, 15:02

Yanvar-sentyabr oylari davomida iste’mol bozoridagi narxlar 6,3%ga oshdi

Yanvar-sentyabr oylari davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflarning eng ko‘p o‘sishi aprel oyida kuzatildi, iyun va iyul oylarida narxlar pasaydi. O‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan narxlar o‘sishi 11,7 foizni tashkil etdi.

Energiyani tejash bo‘yicha jamg‘arma tashkil etilmoqda
13 oktabr 2020, 14:51

Energiyani tejash bo‘yicha jamg‘arma tashkil etilmoqda

Energetika vazirligi huzurida energiyani tejash bo‘yicha byudjetdan tashqari jamg‘arma tashkil etilmoqda. U ko‘p qavatli uylar va binolarning issiqlik muhofazasini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni moliyalashtiradi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «populizm»da ayblandi. Internet foydalanuvchilari: «Hammamiz populistmiz»
13 oktabr 2020, 10:45

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «populizm»da ayblandi. Internet foydalanuvchilari: «Hammamiz populistmiz»

Bosh vazir Abdulla Aripov yig‘ilishda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining harakatlarini populistik deb atadi. Internet foydalanuvchilari qo‘mitani qo‘llab-quvvatlashdi va o‘zlarini ham populist deb atashdi.

O‘zbekiston eksportining 50 foizini oltin tashkil etdi
12 oktabr 2020, 20:24

O‘zbekiston eksportining 50 foizini oltin tashkil etdi

Yanvar-avgust oylari yakuni bo‘yicha mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 2,45 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil etdi. Eng ko‘p savdo aylanmasi ulushi Xitoy, Rossiya va Qozog‘istonga to‘g‘ri kelmoqda. Bu davr mobaynida eksportning 50 foizini oltin, importning 37,8 foizini mashinalar va transport asbob-uskunalari tashkil etdi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
12 oktabr 2020, 12:15

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 24 so‘mga qimmatlab, jami 10 364 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Kanada kompaniyasi Gazli konlariga 1 mlrd dollardan ortiq investitsiya ajratadi
8 oktabr 2020, 23:29

Kanada kompaniyasi Gazli konlariga 1 mlrd dollardan ortiq investitsiya ajratadi

Kanadaning Condor Petroleum kompaniyasi Buxoro viloyatidagi gaz konlari ekspluatatsiyasi uchun 1 mlrd dollardan ortiq miqdorda investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari uchun bojsiz me’yor 200 dollargacha kamayishi mumkin
8 oktabr 2020, 18:11

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari uchun bojsiz me’yor 200 dollargacha kamayishi mumkin

Moliya vazirligi 2021 yil yanvaridan boshlab fuqarolar uchun kuryerlik jo‘natmalarini bojsiz olib kirish me’yorini har chorakda 1000 dollardan 200 dollargacha va 10 kg gacha kamaytirishni taklif qildi.

Jismoniy shaxslarga taksi xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berish taklif qilindi
8 oktabr 2020, 16:35

Jismoniy shaxslarga taksi xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berish taklif qilindi

Moliya vazirligi 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida taksi xizmatini ko‘rsatishga ruxsat berishni taklif qildi. Mobil ilovalardan foydalanilganda daromad solig‘i stavkasi 50% ga kamayishi mumkin.

O‘zbekistonda oktyabrdan ŠKODA KODIAQ avtomobili savdoga chiqariladi
8 oktabr 2020, 16:16

O‘zbekistonda oktyabrdan ŠKODA KODIAQ avtomobili savdoga chiqariladi

ŠKODA brendi ostidagi KODIAQ yo‘ltanlamasi O‘zbekiston bozoriga ikki komplektatsiyada taqdim etiladi: besh o‘rindiqli Ambition va yetti o‘rindiqli Style. Narxlar oktyabrda e’lon qilinadi, avtomobil qiymatining bir qismini to‘lab, oldindan buyurtma berish mumkin bo‘ladi.

2020 yilda O‘zbekiston YAIMi 0,4%dan 0,8% gacha o‘sishi kutilmoqda — Jahon banki
7 oktabr 2020, 09:54

2020 yilda O‘zbekiston YAIMi 0,4%dan 0,8% gacha o‘sishi kutilmoqda — Jahon banki

Jahon bankining yangilangan prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekiston YAIMning o‘sish sur’atlari 0,4%dan 0,8%gacha bo‘lishi kutilmoqda. Oltin ishlab chiqarishning ko‘payishi va qishloq xo‘jaligidagi o‘sish koronavirus pandemiyasi yuzaga keltirgan inqiroz davrida sanoat va xizmatlar sohasidagi keskin pasayishni bartaraf etishga yordam bergan.

Raqobat mavjud emasligi sababli aviatashuvchi rivojlanishni xohlamayapti — Senat
6 oktabr 2020, 19:18

Raqobat mavjud emasligi sababli aviatashuvchi rivojlanishni xohlamayapti — Senat

Uzbekistan Airways raqobat muhiti yo‘qligi sababli kompaniya samaradorligini oshirishni xohlamayapti. So‘nggi 10 yil davomida aviatashuvchi parvozlar sonini atigi 15 foizga oshirdi.

Roodell rahbari — yangi KIA modellari, «O‘zavtosanoat» bilan hamkorlik va boshqalar haqida
6 oktabr 2020, 17:50 1

Roodell rahbari — yangi KIA modellari, «O‘zavtosanoat» bilan hamkorlik va boshqalar haqida

O‘zbekistonda yangi KIA modellari — Seltos va K5 taqdimoti bo‘lib o‘tdi (foto). Roodell bosh direktori Doniyor Davlatyorov O‘zbekiston uchun eksklyuziv taqdim etilayotgan modellar safini kengaytirish, shuningdek, «O‘zavtosanoat» bilan hamkorlikning murakkabliklari haqida so‘zlab berdi.

O‘zbekistonda jo‘natmalarni onlayn kuzatish tizimi joriy etiladi
5 oktabr 2020, 20:25

O‘zbekistonda jo‘natmalarni onlayn kuzatish tizimi joriy etiladi

Tumanlarda yakuniy manzilga yetkazish tizimi tajribadan o‘tkazilib, 2021 yil 1 martdan viloyat markazlarida, 1 iyuldan mamlakat bo‘yicha joriy etiladi. Prezident buning uchun jo‘natmalarni qabul qilish, saralash va onlayn kuzatuvchi avtomatlashgan axborot tizimini ishga tushirish kerakligini ta’kidladi.

Uzbekistan Airways loukoster yaratish rejalarini qayta ko‘rib chiqdi
5 oktabr 2020, 19:26

Uzbekistan Airways loukoster yaratish rejalarini qayta ko‘rib chiqdi

Uzbekistan Airways 2018 yil fevralida tashkil etilishi e’lon qilingan loukoster tashkil etish rejasidan vaqtincha voz kechdi. Kompaniya raisi o‘rinbosari v. b. Umid Husanov tarif siyosati qayta ko‘rib chiqilgani, uning natijalari pandemiyadan keyin oshkor qilinishi haqida ham xabar berdi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
5 oktabr 2020, 12:14

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 18 so‘mga qimmatlab, jami 10 339 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

YeTTB 2021 yilda O‘zbekistonning YAIM bo‘yicha prognozini pasaytirdi
2 oktabr 2020, 21:34

YeTTB 2021 yilda O‘zbekistonning YAIM bo‘yicha prognozini pasaytirdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bu yil O‘zbekiston YAIM hajmi 2 foizga qisqarishini kutmoqda. 2021 yilda iqtisodiy o‘sish prognozi 6,5%dan 4,5%gacha pasaytirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting