Moliya vazirligi kuryerlik jo‘natmalarini chet eldan bojsiz olib kirish stavkasini besh baravarga qisqartirishni taklif qildi. Bu prezidentning yashirin iqtisodiyotni kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni loyihasida ko‘zda tutilgan.

Hujjatda 2021 yil 1 yanvardan boshlab bojxona to‘lovlari olinmaydigan xalqaro kuryerlik jo‘natmalarida jismoniy shaxsning manziliga kelib tushadigan tovarlarni respublikaga olib kirishning eng yuqori me’yorini, bir kalendar chorakda birinchi qabul qilinganda, 1000 AQSH dollaridan 200 AQSH dollarigacha tushirish va brutto og‘irligi 10 kilogrammdan oshmasligini belgilab qo‘yish taklif qilingan.

Davlat bojxona qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga tovarlarni olib kirishning maksimal me’yorlari oshib ketganda olinadigan yagona bojxona to‘lovi stavkasini pasaytirish bo‘yicha takliflarni taqdim etishlari belgilab qo‘yilgan.

Loyiha muhokamasi 23 oktyabrgacha davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil iyul oyida kurerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar tomonidan qabul qilinadigan va bojdan ozod qilinadigan tovarlar narxi oyiga 1000 dollardan bir chorak uchun 1000 dollarga tushirilgan edi.