Uzbekistan Airways hali loukoster yaratish niyatida emas. Bu haqda 5 oktyabr kuni Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi yig‘ilishida kompaniya raisining birinchi o‘rinbosari v. b. Umid Husanov ma’lum qildi.

2018 yil fevral oyida Umid Xusanov loukoster endi qayta tashkil etilgan «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning sho‘’ba korxonasiga aylanishini ma’lum qilgan edi. «O‘ylaymanki, ushbu masala bu yil yopiladi», — deya ta’kidlagan edi u.

«Ha, biz milliy aviakompaniya negizida loukoster yaratishni rejalashtirgan edik. Biz rejalarimizni qayta ko‘rib chiqib, ushbu guruhni hali yaratmaslikka qaror qildik. Hozircha bizning rejalarimiz bor — biz Uzbekistan Airwaysning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqdik», — dedi aviakompaniya raisining birinchi o‘rinbosari v. b.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning yanvar oyida bosh vazir Abdulla Aripov mamlakat ichkarisida «mavjud narxlarga qaraganda ancha arzonroq» muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yishi kerak bo‘lgan Humo Air davlat aviakompaniyasi tashkil etilishini e’lon qilgan edi. Hukumat qarori bilan ustav kapitaliga 43 ta AN-2 samolyotlari, samolyot dvigatellari va boshqa jihozlarni olgan yangi aviakompaniyaning biznes modeli va rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berilgandi.

Iyul oyida O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma loukoster yaratish masalasi muhokama qilindi, ammo bundan keyin hech qanday yangilik bo‘lmadi.

Bundan tashqari, Umid Husanov tarif siyosati qayta ko‘rib chiqilganini, uning natijalari pandemiyadan keyin ma’lum bo‘lishini aytdi.

«Biz tarif siyosatimizni qayta ko‘rib chiqdik. Narxlar xarajatlarga bog‘liq. Bugun bu sir emas. Ushbu pandemiya doirasida biz tannarx tuzilishini, xarajatlarni kamaytirishni to‘liq ishlab chiqdik. Hozirda biz o‘ylagan aniq chora-tadbirlar mavjud. Men hozir raqamlarni e’lon qilmayman, ammo biz xarajatlarni kamaytirish uchun barcha choralarni ko‘rdik. Umid qilamanki, pandemiyadan keyin to‘liq ishga tushganimizdan so‘ng natija bo‘ladi va chindan ham yo‘lovchilar buni ko‘rishadi», — dedi u.