dayjest

Reklamali tanaffus. Toshkent tashqi reklama bosqiniga qarshi qanday kurashmoqchi?

Raqamli rivojlanish departamenti Toshkentdagi tashqi reklamani nazoratga olmoqchi. Minglab reklama konstruksiyalarining egalari to‘lov qilmayapti. Muammo nimada, reklama dizayn-kodi qanday bo‘lishi va Toshkentni qay tariqa ko‘zni quvontiruvchi shaharga aylantirish mumkin — “Gazeta.uz” shu savollarga javob izladi.


dayjest

“Rossiya san’atkorlari uchun dunyoda maydonlar qisqarib ketdi” — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xorijlik xonandalarning O‘zbekistondagi konserti tadbirkorlar tomonidan tashkil etilishini aytdi. U rossiyalik qo‘shiqchilarning O‘zbekistonda konsert berishi haqida gapirarkan, “ular uchun dunyoda maydonlar qisqarib ketdi, shu sabab bo‘sh maydon qidirishga mahkum”, dedi u.


dayjest

UzAuto Motors Cobalt, Damas va Labo narxini oshirdi

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari narxini 3,5−6,7 foiz oralig‘ida oshirdi. Kompaniya, shuningdek, bosqichma-bosqich dilerlarga keyinchalik sotish uchun avtomobil sotib olish imkonini beradigan “rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan sotuv tizimi"ni joriy qiladi.


dayjest

Narxlarni oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan — UzAuto Motors

UzAuto Motors Damas, Labo va Cobalt narxlarni oshirish bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini ta’kidladi. “Kontraktatsiya jarayoni olib borilmayotganini inobatga olib, chevrolet.uz saytidagi narxlar 2024-yilning 4-choragi uchun prognoz ko‘rsatkichlari asosida hisoblab chiqilgan”, — deyiladi xabarda.


dayjest

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 919 mln so‘m pul talon-toroj qilingani aniqlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “O‘quv ta’lim-ta'minot” muassasasining “Bir million dasturchi” loyihasida budjet puli o‘zlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Tashkilot bilan shartnoma tuzgan korxona kerakli elektron qurilmalarni yetkazib bermay, 919 mln so‘mni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda.


dayjest

O‘zbekistonda Google, Netflix, Amazon va boshqa internet kompaniyalari qancha soliq to‘ladi?

Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar, jumladan, Meta, Google, Apple, Netflix O‘zbekistondagi daromadlarini ikki barobarga oshirib, 635 mlrd so‘mga yetkazdi. 2023-yilda ular 2022-yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘p soliq to‘ladi.


dayjest

Sirdaryo o‘zanida noruda materiallarni qazib olishga 1-maydan muddatsiz moratoriy joriy qilinadi

1-maydan Sirdaryo daryosi o‘zanidagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi. Bundan tashqari, noqonuniy qazib olish ishlari natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.


dayjest

Navro‘z munosabati bilan Toshkentdan 5 ta shaharga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkentdan Nukus, Buxoro, Urganch, Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.



dayjest

Senat raisi BMT Ayollar holati bo‘yicha komissiyasining sessiyasida qatnashmoqda

Nyu-York shahrida Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Ayollar holati bo‘yicha komissiyasining sessiyasida qatnashmoqda. Tashrif davomida tashkilot tuzilmalari rahbarlari, prezidentlar va hukumat rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ham reja qilingan.


dayjest

“Mualliflik huquqi ishlamasligi sabab san’atkorlar to‘y uchun ijod qilyapti” — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zbekistonda mualliflik huquqi ishlamasligi tufayli san’atkorlar to‘ydan manfaatdor bo‘layotgani va to‘y uchun ijod qilayotganini aytdi. “Mualliflar o‘z huquqini tanishi — eng katta yechim, bu sohani tezroq ishlashiga sabab bo‘ladi”, dedi u.


dayjest

Angor tumani hokimi “Ayollar daftari” mablag‘laridan Captiva sotib oldi

Surxondaryo viloyatining Angor tumani hokimi “Ayollar daftari” mablag‘lari hisobidan Captiva 5 mashinasini sotib olgani aytilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi holat o‘rganilayotganini ma’lum qildi.


dayjest

O‘zbekistonda Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda tadbirkorlik sohasidagi agentlik va jamg‘armalar o‘rniga Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etiladi. U chet eldan mutaxassislar jalb etib, eksportchilar yangi bozorlarga chiqishiga ko‘maklashish, milliy brendlarni xorijda targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi.


dayjest

O‘zbekiston qora slanetsli uran konlarini o‘zlashtirishga China Nuclear Uran kompaniyasini jalb qilmoqchi

“Navoiyuran” Xitoyning China Nuclear Uran kompaniyasi bilan birgalikda qora slanetsdan uran qazib olish niyatida. Xorijiy delegatsiya O‘zbekistondagi bir qancha uran konlarida o‘zlashtirish jarayonlari bilan tanishdi, konlardan namunalar olindi.


“Gazeta.uz"da e’lon qilingan maxsus materiallar:

dayjest

Dohadagi Dizayn biyennalesi. U nima va unda nimalarni tomosha qilish mumkin?

Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va boshqa xorijiy davlatlarning 100 dan ortiq dizaynerlarini birlashtirgan Design Dohaʼning asosiy ko‘rgazmalari bo‘yicha yo‘riqnoma.