UzAuto Motors kompaniyasi Damas, Labo va Cobalt narxlarni oshirish bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini qayd etdi.

Kompaniya o‘zining avvalgi xabaridan asosiy maqsad mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishni nazarda tutuvchi dilerlar bilan o‘zaro hamkorlikning yangi tizimiga o‘tganligini e’lon qilish ekanini ta’kidlagan.

“Hozirda kontraktatsiya jarayonlari olib borilmayotganligini inobatga olgan holda, chevrolet.uz saytida ko‘rsatilgan narxlar 2024-yilning 4-choragi uchun prognoz ko‘rsatkichlari asosida hisoblab chiqilgan”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq chevrolet.uz savdo saytida 4 ta budjet Chevrolet modellarining narxlari yangilangandi va avtomobillar narxi oshganini UzAuto Motors matbuot xizmati “Gazeta.uz"ga tasdiqlagandi. Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari kompaniya narxlarni oshirishdan oldin iste’molchilarni ogohlantirishi kerakligini, kontraktatsiya yopiq paytda narxlarni yangilashdan maqsad nima ekani tushunarsizligi haqida yoza boshladi.

Shevrolet.uz saytida avtomobillar uchun yangilangan narxlar quyidagicha ko‘rsatilgan:

  • Cobalt GS-Style Plus MT — 133 598 000 so‘m (ilgari 124 264 000 so‘m edi);
  • Cobalt GX-Style Plus AT — 156 589 000 so‘m (146 757 000 so‘m).
  • Damas D2 DLX Style Plus — 100 325 000 so‘m (96 932 000).

UzAuto Motors` bundan oldingi xabarida kompaniya bozorda talab ortib borayotganiga hisobga olgan holda Damas, Labo va Chevrolet Cobalt avtomobillarini ishlab chiqarish hajmini qo‘shimcha ravishda oshirish masalasini ishlab chiqqani aytiladi.

“Bundan tashqari, oldingi shartnoma paytida kechiktirilgan to‘lov 2024-yilda ishlab chiqarilgan avtomobillarning bir qismini chiqarishga olib keldi, bu esa kompaniyaga qo‘shimcha avtomobillarni taklif qilish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.

Avtomobil ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, kontraktatsiya uchun ochiladigan qo‘shimcha hajm 2024-yilning ikkinchi yarmida ishlab chiqariladi va buni hisobga olgan holda Damas, Labo i Cobalt avtomobillarining narxi 3,5−6,7 foizgacha bo‘lgan oraliqda oshadi.

Shuningdek, UzAuto Motors xalqaro standartlarga muvofiq rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan avtomobillarni sotish tizimini bosqichma-bosqich joriy etishini ma’lum qildi.

“Ushbu tizimga ko‘ra, dilerliklarga keyinchalik sotish uchun avtomobillarni xarid qilish imkoniyati beriladi. Shu bilan birga, dilerliklarga avtomobil uchun tavsiya etilgan chakana qiymat belgilanadi. Ushbu yondashuv nafaqat dilerlik markazlari o‘rtasidagi raqobatni kuchaytiradi, balki xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilaydi. Dilerlik markazlari xizmat ko‘rsatish sifati va innovatsion xizmatlarni yaxshilash orqali qo‘shimcha opsiyalar va aksessuarlarni taklif qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi”, — deya qayd etgan avtomobil ishlab chiqaruvchisi.

2023-yilning oktabr oyida UzAuto Motors o‘z modellari narxini o‘rtacha 5,1 foizga oshirgandi, keyin esa dekabr oyida yana bir narx oshishi kuzatilgandi.