2023-yilda O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 56 ta xorijiy kompaniya 69,8 milliard so‘m soliq to‘ladi, bu 2022-yildagi daromaddan (44,9 mlrd) 1,5 barobar ko‘p, deya xabar qildi Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘laydigan xorijiy internet-kompaniyalar soni 40 tadan 56 taga, daromadlari esa 635,1 mlrd so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga (348 mlrd so‘m) nisbatan 1,8 barobar ko‘p.

Deyarli barcha soliq tushumlari quyidagi 10 ta kompaniyadan tushgan:

  • Meta — 26,4 mlrd so‘m;
  • Google — 20,3 mlrd so‘m;
  • Apple — 12,9 mlrd so‘m;
  • Amazon — 2,2 mlrd so‘m;
  • Vooking.som — 1,6 mlrd so‘m;
  • Netflix — 1,2 mlrd so‘m;
  • Xsolla — 816,1 mln so‘m;
  • Zoom — 763,3 mln so‘m;
  • Yandex — 690,4 mln so‘m;
  • Adobe Systems — 436,9 mln so‘m.

soliq, xorijiy internet kompaniyalar

Eslatib o‘tamiz, Meta (Facebook, Instagram, WhatsApp) 238,9 mlrd so‘mlik (o‘sish 2,5 baravar) elektron xizmatlar ko‘rsatgan, bu esa kompaniyalar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda reklama va targ‘ibot uchun sarflangan mablag‘lar oshganidan dalolat beradi.

Amazon o‘tgan yilning iyul oyida O‘zbekistonda soliqqa tortish maqsadida ro‘yxatdan o‘tgan va internet kompaniyalar orasida soliq to‘lovlari bo‘yicha 4-o‘rinni egallab, 22,6 mlrd so‘m daromad olgan holda ro‘yxatga birinchi marta kirdi.

O‘zbekistonda yil davomida daromadini ikki baravarga — 10,1 mlrd so‘mga yetkazgan Netflix film va seriallar striming xizmatiga obuna bo‘layotganlar soni ham ortib bormoqda.