dayjest

Mirziyoyev Putin bilan hamkorlik masalalarini gaplashib, uni O‘zbekistonga taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Qozonda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. U Putinning bo‘lajak saylovlarda g‘alaba qozonishiga ishonchi komil ekanini ta’kidlab, O‘zbekistonga taklif qildi. Tomonlar sportni rivojlantirish, qo‘shma fond yaratish, Transafg‘on temiryo‘li loyihasi va boshqa masalalarni muhokama qildi.


dayjest

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

23−29-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.


dayjest

Metan “zapravka"lar ishiga kiritilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanmoqda

Energetika vazirligi metan “zapravka"lar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar 22-fevraldan mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda, avvaldan belgilangan reja-grafik asosida bosqichma-bosqich olib tashlanayotganini ma’lum qildi.


dayjest

Britaniya firmalarining eksport tovarlari O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Armaniston orqali Rossiyaga ketmoqda — Sky News

Britaniya korxonalari O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Gruziya va Armanistonga keyinchalik Rossiyaga ketadigan tovarlar, jumladan, dron va og‘ir texnika uchun uskunalar jo‘natmoqda, deb yozdi Sky News. 2022-yildan beri Britaniyadan ushbu 4 davlatga “yuqori ustuvorlikka ega tovarlar” eksporti 500 foizdan ko‘proqqa oshdi.


dayjest

Prezident 2026-yilgi “Kelajak o‘yinlari"ni O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan “Kelajak o‘yinlari” turnirining ochilish marosimida ishtirok etib, musobaqani 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi.


dayjest

Toshkentdagi sobiq MXX binosi o‘rnida quriladigan mehmonxona loyihasi 100 mln dollarga baholanmoqda

Doniyor Kamilovning Metropol Group kompaniyasi Sayilgoh ko‘chasidagi 22 qavatli mehmonxona majmuasi qurilishiga 100 million dollar sarmoya kiritmoqchi. U yerda avval sobiq MXX binosi joylashgandi.


dayjest

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nurga Yaponiya ordenini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur 2023-yilning noyabr oyida Yaponiya imperatori Naruxito farmoni bilan “Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni bilan taqdirlangan edi. Toshkentda ordenni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.


dayjest

Cheklovlar kiritilishiga sabab bo‘lgan Buxorodagi 2 ta elektr uzatish tarmog‘ida yuz bergan nosozlik bartaraf etildi

Energetika vazirligi Buxoro viloyatida kuchli shamol oqibatida yuqori kuchlanishdagi 2 ta elektr uzatish tarmog‘ida yuz bergan nosozlik to‘liq bartaraf etilganini ma’lum qildi. Shuningdek, vazirlik 21-fevral kuni 12 ming tonna mazut yoqilganini qayd etdi.


dayjest

Toshkentda 1 yil ichida ikkilamchi bozordagi uy-joylarning o‘rtacha narxi deyarli 20 foizga oshdi — ITIM

Toshkentdagi uy-joylarning ikkilamchi bozordagi o‘rtacha narxi bir yilda deyarli 20 foizga oshdi, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotida. Yanvarda ikkilamchi uy-joylar o‘rtacha narxi kvadrat metri uchun 1122 dollarni tashkil etdi. Bektemir, Sergeli va Yashnobodda narxlar biroz oshdi.


dayjest

USAID O‘zbekistonda 25 mln dollarlik “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasini ishga tushirdi

USAID O‘zbekistonda 5 yilga mo‘ljallangan “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasini boshladi. 25 mln dollarlik loyiha dastlab Namangan va Sirdaryo viloyatlarida tajriba tariqasida amalga oshiriladi. Dastur maktab ta’limi, o‘quv materiallari va o‘qituvchilar malakasini inklyuzivlashtirishga xizmat qiladi.


dayjest

O‘zbekistonda dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12 500 so‘mdan oshdi

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan belgilangan AQSh dollarining rasmiy kursi 12 500 so‘mdan oshdi va o‘zining tarixiy maksimal qiymatini yangiladi. Yil boshidan buyon milliy valyuta 1,4 foizga qadrsizlandi.


dayjest

Namanganda ichimlik va oqova suv tariflari oshiriladi

Namangan viloyatida ichimlik suvi ta’minoti aholi uchun 3500 so‘mgacha, oqova suv narxi esa 800 so‘mgacha oshirilmoqda. Bu haqda xalq deputatlari viloyat kengashi tomonidan qaror qabul qilindi.


dayjest

Prezident parlament vakolatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarni tasdiqladi

Prezident parlament palatalari vakolatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtiruvchi o‘zgartishlarni tasdiqladi. O‘zgarishlar orasida har ikki palataning o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati, bosh vazirni tayinlashning yangi tartibi, qonunlarni tasdiqlash muddatini o‘zgartirish va boshqalar bor.


dayjest

O‘zbekistonda iste’molchilarga elektroenergiya uzilishlaridan ko‘rgan zararini qoplab berish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha namunaviy shartnomaga o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda. Ular aholi va tadbirkorlarga elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar oqibatida ko‘rgan zarari uchun sud orqali kompensatsiya undirish imkonini beradi.


dayjest

“Yolg‘onlar shahri”. Andijon shahri deputati — obodonlashtirish boshqarmasi xarajatlaridagi tafovut va ko‘chat narxining oshirib ko‘rsatilgan narxi haqida

Andijon shahri deputati Jahongir Jiyanov obodonlashtirish boshqarmasining xarajatlari bo‘yicha ma’lumotlarda 4 mlrd so‘mlik farq borligini aniqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqarma salkam 2 mlrd so‘mga uchta o‘simlik qalamchasi sotib olgan. Hokim esa texnik xatolik yuz berganini aytdi.