Buyuk Britaniyadan O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Gruziya va Armanistonga keyinchalik Rossiyaga qayta yo‘l oladigan tovarlar, jumladan, dronlar va og‘ir texnikalar uchun uskunalar jo‘natilmoqda, deyiladi Sky News tahlilida.

“Raqamlar shuni ko‘rsatadiki, Rossiyaga ikki yil avval Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan savdo sanksiyalari joriy etilganidan keyin tovar oqimi keskin qisqarganiga qaramay, Britaniyaning katta hajmdagi sezuvchan, „ikki xil maqsadda foydalansa bo‘ladigan“ tovarlari hali ham Moskvaga yo‘l olmoqda”, — deyiladi hisobotda.

Buyuk Britaniyaning rasmiy savdo statistikasi tahlili 2022-yil fevral oyidan buyon Britaniyaning Rossiyaga og‘ir texnika, elektrotexnika va avtomobillar eksporti deyarli nolga tushib ketganini ko‘rsatmoqda, shunga qaramay, Rossiyaning bir qator qo‘shni mamlakatlari — Gruziyadan tortib O‘zbekistongacha eksport “o‘ta yuqori tempda o‘sgan”, — deya qayd etgan Sky News.

buюк британия, санкциялар

Britaniyaning Qirg‘iziston, Armaniston, Gruziya va O‘zbekistonga eksportining ortishi. Infografika: Sky News.

Shu tariqa, so‘nggi ikki yil ichida Britaniyadan Qirg‘izistonga eksport 1100 foizdan ko‘proqqa oshgan. Eksport tarkibida hozirda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiyaga jo‘natib bo‘lmaydigan og‘ir texnika va transport vositalari ustunlik qiladi.

Sanksiyalar kiritilgandan so‘ng Yevropa Ittifoqi AQSh, Buyuk Britaniya va Yaponiya bilan birgalikda Ukrainadagi jang maydonlaridagi rus qurollarining qoldiqlaridan topilgan 45 toifadagi “umumiy yuqori ustuvorlikka ega tovarlar” ro‘yxatini tuzdi.

Sky News tahliliga ko‘ra, urush boshlanganidan beri ushbu tovarlarning Britaniyadan O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Gruziya va Armanistonga eksporti 500 foizdan ko‘proqqa oshgan.

buюк британия, санкциялар

Buyuk Britaniyadan Qirg‘iziston, Armaniston, Gruziya va O‘zbekistonga eksport qilinadigan asosiy tovarlar. Infografika: Sky News.

“Kavkaz va Markaziy Osiyodagi ushbu to‘rtta davlatga jo‘natilgan tovarlarning eng katta toifasi „samolyotlar, vertolyotlar yoki uchuvchisiz uchish apparatlarining qismlari“, ya’ni dron va boshqa aviatsion vositalarni yasashda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan jihozlar bo‘ldi”, — deyiladi materialda.

Umuman olganda, Sky News hisob-kitoblariga ko‘ra, Britaniya kompaniyalari ushbu to‘rtta davlatga 6 mln funt sterlinglik mahsulot eksport qilgan, bu ular urushdan oldin eksport qilganidan ko‘proq.

Britaniyalik eksportchilar tomonidan jo‘natilgan boshqa tovarlar qatoriga ma’lumotlarni qayta ishlash mashinalari, aeronavigatsion uskunalar va radionavigatsiya vositalari kiradi, deya qayd etgan Sky News.

  • O‘tgan yilning oktabrida The Bell Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilgach, Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaga qo‘shni va yaqin davlatlarga, jumladan, O‘zbekistonga mahsulot yetkazib berish hajmini oshirgani haqida yozgandi. Ayni vaqtda Rossiya ushbu mamlakatlardan importni bir necha bor oshirgandi. Shu yo‘l bilan Rossiya rasmiylari G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tayotgan bo‘lishi mumkin, deya qayd etgandi nashr.