dayjest

O‘zbekiston qanday qilib gazning sof importchisiga aylanib qoldi?

2023-yilda O‘zbekiston eksport qilganidan ko‘ra ko‘proq gaz importini amalga oshirdi. Yetkazib berish orasidagi farq 165 mln dollardan oshdi. “Gazeta.uz” mamlakat ichida ulkan gaz zaxiralari bo‘lishiga qaramay, bu holat yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan omillarni o‘rganishga harakat qildi.


dayjest

Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Shanba kuni O‘zbekistonga Turkmanistondan iliq va nam havo massalari kirib kelib, ayrim joylardagina yog‘ingarchilik bo‘ladi. Harorat kechasi −2…−5 darajagacha pasayadi, kunduzi +10 darajagacha yetadi. Yakshanbada yomg‘ir respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.


dayjest

Mahallalar uyushmasining hududiy boshqarmalariga rahbarlar tayinlandi (ro‘yxat)

Yangi tashkil etilgan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining hududiy boshqarmalariga boshliqlar tayinlandi. Ular orasida vazir, sobiq hokimlar, hokim o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari va boshqalar bor. Ro‘yxat.


dayjest

Yaponiyada anime studiyasiga o‘t qo‘ygan shaxs o‘limga hukm qilindi

Yaponiya sudi 2019-yilda Kyoto Animation anime studiyasiga o‘t qo‘yishda ayblangan shaxsni o‘limga hukm qildi. Yong‘in oqibatida 36 kishi halok bo‘lgan, 30 dan ortiq kishi jarohatlangandi. Voqea mamlakatdagi eng dahshatli qirg‘inlardan biriga aylangan. Sudlanuvchi studiya uning ishini o‘g‘irlagan deb hisoblagan.


dayjest

O‘zbekistonda dorilarning telekanallardagi reklamasi SSV tomonidan tasdiqlanadi

Prezident qaroriga ko‘ra dorilar bilan bog‘liq xavf-xatarlarni aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan farmakologik nazorat tizimi yaratiladi. Dorilarning teleradiokanallardagi reklamasi SSV tomonidan tasdiqlanadi. Dori omborlarida zarur saqlash amaliyoti (GSP) majburiy bo‘ladi.


dayjest

Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi bo‘ldi

Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi etib tayinlandi. U 2018-yildan buyon mamlakatning Fransiyadagi elchisi sifatida ishlab kelayotgandi.


dayjest

Toshkentda 2023-yilda jamoat avtobuslaridan 241,7 mln marta foydalanildi

Toshkent shahrida 2023-yil davomida jamoat avtobuslari kuniga o‘rtacha 662,3 mingdan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Umumiy hisobda yil davomida avtobuslardan 241,7 mln marta foydalanildi.


dayjest

YTTB O‘zbekiston uchun yangi besh yillik strategiyani tasdiqladi

YTTB O‘zbekiston uchun yangi besh yillik strategiyani tasdiqladi. Undagi asosiy ustuvorliklarga dekarbonizatsiya, suvni tejash va qayta tiklanadigan energiya manbalarini qo‘llab-quvvatlash, xususiy sektorni rivojlantirish, iqtisodiy boshqaruv va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash kiradi.


dayjest

Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishini ma’qulladi

Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi haqidagi hujjat Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an tomonidan imzolandi. Shvetsiyaning alyansga qo‘shilish arizasini ratifikatsiya qilmagan faqatgina Vengriya qoldi.


dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (27−28-yanvar)

6 ta kinopremera, karting-slalom bo‘yicha chempionat, “Sahna” stendap klubida yumoristik tadbirlar, teatr namoyishlari, mahorat darslari, do‘konlardagi chegirmalar, musiqiy kechalar va kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — “Afisha.uz” jamlanmasida.


dayjest

Markaziy bank raisi — jarimaga tortilayotgan banklar nomi nega ochiqlanmayotgani haqida

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov regulyator tomonidan jarimaga tortilayotgan banklar nomi nega ochiqlanmayotganini izohladi. “Aholida noto‘g‘ri tushuncha shakllanmasligi uchun bankning ichki faoliyati bilan bog‘liq holatlarda chora ko‘rilgan banklar nomini e’lon qilmaslikka qaror qildik”, — dedi u.


dayjest

Namangan viloyati hokimi “Navbahor” futbol klubiga 2,5 mlrd so‘m ajratdi

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakovning farmoyishi bilan “Navbahor” futbol klubiga viloyat budjeti zaxira jamg‘armasidan 2,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.


dayjest

Soliq ilovasi yuklama ortgani sababli uzilishlar bilan ishlamoqda

Davlat soliq qo‘mitasining Soliq mobil ilovasi ma’lumotlar markazida yuklama ortib ketgani sababli uzilishlar bilan ishlamoqda. Qo‘mitaning “Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, so‘nggi paytlarda ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan cheklar soni ko‘payib, amaldagi serverning quvvati yetmay qolishni boshlagan.


dayjest

Yevropa Ittifoqining yoqilg‘idan chiqadigan CO2 emissiyasi so‘nggi 60 yildagi eng past darajaga yetdi

Yevropa Ittifoqida qazib olinadigan yoqilg‘idan chiqadigan karbonat angidrid (CO2) emissiyasi o‘tgan yili so‘nggi 60 yildagi eng past darajaga tushdi. Bu natijaga asosan “yashil” energiyadan foydalanish hisobiga erishildi.


dayjest

O‘zbekistonning Dubaydagi yangi konsuli vazifasini bajarishga kirishdi

O‘zbekistonning Dubay shahriga yangi tayinlangan bosh konsuli Kamol Ikromov BAA Tashqi ishlar vazirligining Dubay bo‘limi direktoridan konsullik patentini qabul qilib oldi.


dayjest

Moratoriy davrida oltita daryo o‘zanlarida qum va shag‘al qazib olishga ruxsatnomalar berilmaydi — Ekologiya vazirligi

Ekologiya vazirligi E-Auksion sayti orqali qum va shag‘al qazib olishga ruxsatnoma olish mumkinligi haqidagi tanqidlarga javob berdi. Vazirlik bu tartib faqat moratoriy amal qilmaydigan hududlarga tegishli ekanini tushuntirdi. Moratoriyga ko‘ra, oltita daryodan material qazib olish umuman mumkin bo‘lmaydi.


dayjest

O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi

Prezident yig‘ilishida maktab ta’limini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Baholash tizimini xalqaro testologiya mezonlariga moslashtirish, maktablarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, xususiy maktablarga imtiyozlar berish, mahallalarning maktablar hayotidagi ishtirokini kengaytirish rejalari e’lon qilindi.