28-dekabr kuni erta tongda Toshkent shahrining Yangihayot tumanida ikkita avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar qildi Toshkent shahri IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

Soat 4:55 da Qipchoq va Sofdil ko‘chalari kesishgan chorrahada 2000-yilda tug‘ilgan D.M. boshqaruvidagi Spark avtomashinasi F.R. (1987) boshqaruvidagi “GAZel” yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Hodisa ortidan yuk mashinasi ag‘darilib, ko‘chadagi chiroq ustuniga urilgan.

йтҳ

Voqea oqibatida yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchilaridan biri jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.