14-may kuni Yerevanda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Boshqaruvchilar kengashining 33 yillik yig‘ilishi hamda biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimda “Asakabank” YeTTB bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda savdoni moliyalashtirish bo‘yicha eng faol emitent-bank” sifatida e’tirof etildi.

Shu bilan birga, “Asakabank” YeTTB savdoni moliyalashtirish dasturiga 2019-yil sentabr oyida qo‘shilganiga karamay, ushbu qisqa muddat ichida butun mamlakat bo‘ylab savdo operatsiyalarini amalga oshirishda o‘zining to‘liq salohiyatini namoyish etishga muvaffaq bo‘lib, YeTTB tomonidan munosib baholandi hamda 2019 va 2022-yillarda O‘zbekistondagi “Eng faol emitent-bank” sifatida taqdirlandi.

Bugungi kunda savdoni moliyalashtirish yo‘nalishi “Asakabank”ning 2024-yil qabul qilingan yangi strategiyasida ham alohida o‘rin tutgan bo‘lib, bu, o‘z navbatida, mamlakatda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvatlash yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlar bilan hamohangdir.


“Asakabank” ushbu yo‘nalishda JPMorgan Chase Bank, Citi Bank, Deutsche Bank, SMBC, Commerzbank AG, LBBW, DZ Bank, Natixis, Mashreq Bank, Oddo BHF kabi yetakchi jahon moliya institutlari va banklaridan biri bilan ham hamkorlikda ishlab kelmoqda.

Reklama huquqlari asosida.