O‘zbekistonda gaz qazib olish pasayishda davom etmoqda, elektr ishlab chiqarish esa rekord darajada o‘sdi

O‘zbekistonda 5 oy davomida gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,8 foizga kamaydi. Ko‘rsatkich ketma-ket ikkinchi oy pasaymoqda — may oyida u 11,2 foizga kamaygandi. May oyidagi elektr energiyasi ishlab chiqarish rekord darajadagi o‘sishni qayd etdi.

“Bu yil 10 foiz ko‘proq yoshlarning grantda o‘qishiga imkoniyat yaratilyapti” — Oliy ta’lim vazirligi

2023/2024 o‘quv yilida kontrakt kvotalari 1 foizga, grantniki esa 10 foizga oshdi. Bunda 10 foiz ko‘proq yoshlarning grant asosida o‘qishiga imkoniyat yaratilyapti, deya ta’kidladi Oliy ta’lim vazirligi departamenti boshlig‘i Abduvali Xoliqov.

Bekoboddagi hibsxonada saqlanayotgan yigit o‘zini osishga urindi

Toshkent viloyati Bekobod shahrida tovlamachilikda ayblanib qo‘lga olingan 23 yoshli yigit vaqtincha saqlash hibsxonasida o‘zini osmoqchi bo‘ldi, uni kameradoshlari qutqarib qoldi.

O‘zbekistonlik uch opa-singil Hindistonda 2021-yildan beri hibsda, elchixona vaziyatni o‘rganmoqda

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi 2021-yilda chegarani noqonuniy kesib o‘tish vaqtida qo‘lga olingan uch opa-singil bilan bog‘liq vaziyatni nazoratga olganini ma’lum qildi. Hibsga olinganlarning opasi ularni Hindiston fuqarosi aldaganini ta’kidlagan.

Qizlarni xorijga fohishalik qilishi uchun yubormoqchi bo‘lgan ikki ayol ushlandi

Andijon va Toshkent viloyatlarida ikki ayol 4 nafar qizni Turkiya va BAAga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi.

Toshkentda 34 yoshli quruvchi 12-qavatdan qulab, halok bo‘ldi

Yangihayot tumanida 34 yoshli quruvchi tunda 12-qavatdan qulab, halok bo‘ldi. Voqeaga qurilish qoidalariga amal qilinmagani sabab bo‘lishi mumkin.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Dehqonobod tumani bo‘limi boshlig‘i YTHga uchradi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani bo‘limi boshlig‘ining xizmat mashinasi 2 ta avtomobil bilan to‘qnashib ketdi. Bo‘lim boshlig‘i va haydovchilardan biri yengil jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.

Qashqadaryoda zilzila sodir bo‘ldi

Shahrisabz tumanida magnitudasi 3,4 ga teng bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi.

Mushukni tiriklayin yoqib yuborgan quvasoyliklar 3 sutkadan 7 sutkagacha qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahri sudi mushukni tiriklayin yoqib yuborgan 3 erkakni hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlikda va ulardan birini zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi kontent tarqatganlikda aybdor deb topdi. Ular 3, 5 va 7 sutkaga qamaldi.

Jurnalist Qudrat Irnazarov 73 yoshida vafot etdi

Tarix fanlari doktori, faxriy jurnalist Qudrat Irnazarov 73 yoshida vafot etdi. Professor 2008-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Surxondaryoda poyezd “Jiguli”ni urib ketdi

Termiz-Sariosiyo yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezd qo‘riqlanmaydigan kesishmadan o‘tayotgan “Jiguli”ni urib ketdi. Voqeaga avtomobil haydovchisining e’tiborsizligi sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida jarohati olganlar yo‘q.

Cuv yetkazib berish bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklikka o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 2030-yil yakunigacha iste’molchilarga suv yetkazib berish hamda suvning hisobini yuritish funksiyasi bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklikka o‘tkaziladi.

Vladimir Norov 45 yillik faoliyatidan so‘ng nafaqaga chiqdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri, elchi, SHHT bosh kotibi lavozimlarida ishlagan Vladimir Norov 45 yillik faoliyatidan so‘ng nafaqaga chiqdi. Diplomat 2022-yil dekabridan buyon Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori sifatida ishlab kelayotgandi.

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar ulushi 27 foizni tashkil etdi

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatmayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy korxonalar sonidagi ulushi 27 foizni tashkil etdi. Ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlarining esa 30 foizi ishlamayapti. 2022-yilda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 6 va 7 foizni tashkil etgan.

Yozyovonda 1 mlrd so‘mlik davlat xaridi jarayonda qatnashgan 2 ta korxonaning ta’sischisi er-xotin bo‘lgani uchun bekor qilindi

Yozyovon tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmachiligida o‘tkazilgan 1 mlrd 38 mln so‘mlik davlat xaridi jarayonda ishtirok etgan 2 ta korxona ta’sischisi er-xotin bo‘lgani sababli bekor qilindi. Xarid komissiyasi affillanganlik holatiga baho bermagan va tanlovni bekor qilish chorasini ko‘rmagan.

1-iyuldan Toshkent aholisi davlat tibbiy sug‘urta tizimidan foydalanishi mumkin

1-iyuldan poytaxtda davlat tibbiy sug‘urta tizimi joriy etiladi. Endi aholi shifoxonada davolanish uchun yo‘llanmani oilaviy shifokor ko‘rigidan o‘tgach, elektron tarzda oladi. Shuningdek, kafolatlangan tibbiy xizmatlar va dori-darmonlar paketi bepul taqdim etiladi.