O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tarilib boradi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda kam bulutli va quruq ob-havo bo‘ladi. Faqat ayrim tog‘li joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat sekin ko‘tarilib, +32…+35, shimolda va cho‘l hududlarda +35…+37 darajani tashkil etadi.

O‘zini Prezident administratsiyasi xodimi deb tanishtirgan shaxs fuqaroni hokim qilib qo‘yish uchun $80 ming so‘radi

Toshkentda o‘zini Prezident administratsiyasi xodimi deb tanishtirgan shaxs va uning sherigi 25 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi. Ular Farg‘onadagi tumanga hokim qilib qo‘yishi evaziga fuqarodan jami 80 ming dollar talab qilgani aytilmoqda.

Yangihayotda 12 yoshli qizni o‘ldirgan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Toshkentda yanvar oyida 12 yoshli qizni zo‘rlab, o‘ldirgan shaxs maxsus tartibdagi koloniyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, unga alkogolizm hamda murakkab politoksikomaniyaga qarshi majburiy davolanish tayinlandi.

Toshkentda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lgan 20 yoshli yigitning ozodligi 3 yilga cheklandi

Toshkentdagi universitetning 20 yoshli talabasiga voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lgani uchun 3 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Unga ko‘ngilochar joylarga bormaslik, spirtli ichimliklar ichmaslik, internetdan foydalanmaslik va boshqa taqiqlar yuklandi.

Nukus ishi bo‘yicha sud: ekspertlarning so‘roq qilinishi va Tajimuratovning qiynoqlar haqidagi bayonotini tekshirish natijalari

Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha apellyatsiyada ayblanuvchilar, asosiy sudlanuvchi Dauletmurat Tajimuratov ko‘rsatma berdi, ekspertlar so‘roqlari davom etdi. Sud, shuningdek, Tajimuratovning qiynoqlar haqidagi iddaolarini tekshirish natijalarini ham e’lon qildi.

Bloger Doniyor Qayumov Instagram`dagi videosi uchun 6 mln so‘m jarimaga tortildi

Bloger Doniyor Qayumov Instagram sahifasiga ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi videotasvirni joylashtirgan deb topilib, sud unga 6 mln so‘m jarima belgiladi.

Armaniston va Ozarbayjon bir-birining hududiy yaxlitligini tan oldi

Armaniston va Ozarbayjon Moskvadagi uchrashuvda bir-birining hududiy yaxlitligini tan olishga kelishib oldi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatlar munosabatlarni tartibga solish yo‘lida “ildam qadamlar tashlayotganini” bildirdi.

Xalq nazorati platformasi O‘zbekistonning yana 7 ta shahrida ishga tushadi

O‘zbekistonning yettita shahrida Xalq nazorati platformasi ishga tushiriladi, xalqaro IT sertifikatlarini olish xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi hamda 47 turdagi ma’lumotning talab etilishi bekor qilindi.

Samarqandda daryoga cho‘kib ketgan 3 nafar boladan birining murdasi topildi

Paxtachi tumanida 3 nafar voyaga yetmagan bola Zarafshon daryosiga cho‘milishga borib, cho‘kib ketdi. Ulardan birining murdasi topilgan, qolgan ikki bola qidirilmoqda.

Yoqilg‘i-energiya sohasidagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar mukofotlanadi

O‘zbekistonda fuqarolar 1-sentabrdan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalari buzilgan holatlarni foto va videotasvirga olib, Energetika vazirligining maxsus axborot tizimiga yuborishi mumkin. Agar qoidabuzarlik tasdiqlansa, bu haqda xabar berganlarga pul mukofoti beriladi.

Singapurning STIE kompaniyasi Toshkent metrosini rivojlantirishga yordam beradi

Singapurning STIE kompaniyasi Toshkent metrosida yangi liniya va stansiyalar qurish, infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha maslahatlar beradi. O‘zbekistonda Wilmar International distribyutorlik xabini ochishi, PSB Academy ta’lim muassasasi qurishi, Enercon Asia esa quyosh panellarini o‘rnatishi mumkin.

Toshkentda 8 kishi “Tavhid va jihod katibasi” terror tashkilotiga a’zolikda gumonlanib ushlandi

Poytaxtda jamoaviy yig‘inlar o‘tkazib, kelgusida Suriya hududidagi terrorchilik tashkilotlarining safiga qo‘shilishni rejalashtirgani aytilayotgan 8 nafar shaxs ushlandi. Ular “Tavhid va jihod katibasi” tashkilotining g‘oyalarini aholi orasida targ‘ib qilganlikda gumonlanmoqda.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

Kommunistik aqidaparastlikka qarshi Karimov, ko‘chalariga suv toshib chiqayotgan Toshkent, Kubaga yo‘l olgan o‘zbeklar. O‘zbek matbuoti 26-mayda nimalar haqida yozgan?

90 yil avval Toshkentni chiqindilardan tozalash nega ayanchli ahvolda edi? 60 yil O‘zbekistonda paxtaning qanchasi mashinada terib olinardi? 30 yil avval tojikistonliklar nega Islom Karimovga minnatdorchilik bildirgan? Bu haqda “Gazeta.uz”ning “Eski gazetalar sharhi” ruknida o‘qing.