O‘zbekistonda gaz qazib olish ikkinchi oy ketma-ket pasaymoqda

Yanvar-fevral oylarida ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yil boshiga nisbatan 8,2 foizga ozaygan. Elektr va issiqlik ishlab chiqarish ham kamaydi.

Ulug‘bek Rozuqulov yana «O‘zavtosanoat» rahbar bo‘ldi

Ulug‘bek Rozuqulov yana «O‘zavtosanoat» kompaniyasi boshqaruvi raisi bo‘ldi. U avval bosh vazir o‘rinbosari va milliy aviakompaniya rahbari lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.

Qoraqalpog‘istonda yangi qurilayotgan ko‘prikning bir qismi qulab tushdi

23 mart kuni ertalab Amudaryo ustida qurilayotgan Qoraqalpog‘iston va Xorazmni bog‘lovchi avtomobil va temir yo‘l qo‘shma ko‘prigining vaqtinchalik tayanch ikkita balkasi noma’lum sabablarga ko‘ra qulab tushdi.

Toshkent metrosining Qo‘yliq-Sergeli yo‘nalishidagi bekatlarda sinov qatnovi boshlandi

Toshkent metrosi Yer usti halqa yo‘lining Qo‘yliq-Sergeli yo‘nalishida qurib bitkazilgan 5 ta bekatda sinov tariqasida poyezdlarning texnik qatnovi boshlandi.

2023 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2023 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini e’lon qildi.

IFC O‘zbekistonga Sirdaryoda quvvati 1,6 GVt bo‘lgan IES qurishda yordam beradi

Xalqaro moliya korporatsiyasi Sirdaryoda 1580 MVtli IESni qurish uchun 150 mln dollar ajratdi va 1 mlrd dollardan ortiq xususiy moliyalashtirishni jalb qildi. Stansiya gazda ishlaydi va butun mamlakat bo‘ylab elektr energiyasiga bo‘lgan talabning 17 foizini qondirishi kutilmoqda.

Asaka tumani sobiq hokimiga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

Andijon viloyati Asaka tumani sobiq hokimi Mansur Alixonovga nisbatan 3 yil 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, tumanning ikki mansabdoriga ham sud hukmi o‘qildi.

Yashash joylaridan tashqaridagi yo‘llarda qoidabuzarlikni aniqlash uchun drondan foydalanilishi mumkin

O‘zbekistonda aholi punktlaridan tashqaridagi yo‘llarda qoidabuzarliklar, qidiruvdagi mashinalarni aniqlash uchun drondan foydalanish va uni saqlash bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganish taklif qilindi. IIV va boshqa qator tashkilotlar uni o‘rganib, 1 oktabrgacha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Qishloq xo‘jaligi texnikasi importi 3 yilga boj va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi

1 apreldan barcha turdagi mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish uchun 15 foizlik subsidiya beriladi, import qilinadigan texnikalar 3 yil muddatga bojxona va utilizatsiya yig‘imlaridan ozod qilinadi. Uskunalar xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.

O‘qituvchilarni Open budget uchun ovoz yig‘ishga majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi — maktab ta’limi vaziri

Surxondaryo viloyati Angor tumanida o‘qituvchilarga «Tashabbusli budjet» uchun ovoz yig‘ishga majburiy topshiriq berilgani aytilmoqda. Hilola Umarova o‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlashga yo‘l qo‘yilmasligini ma’lum qildi. Vazirning ta’kidlashicha, holat bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlangan.

Jizzaxda 32 yoshli erkak ayolini o‘ldirib, o‘zini jarohatladi

Arnasoy tumanida janjal sabab er ayolini oshxona pichog‘i bilan o‘ldirdi, keyin esa o‘zini jarohatladi. Surishtiruvlarga ko‘ra, janjal rashk sabab sodir bo‘lgan.

Tojikistondagi zilzilalar oqibatida epitsentrdagi qishloqlarning 3 nafar aholisi jarohatlandi

Tojikistonda 23 martga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan zilzilalarda 3 kishi yengil jarohat oldi. Yerosti silkinishlari sababli kamida 60 bosh chorva nobud bo‘ldi.

Ravshan Ermatov va Oybek Kasimov OFK qo‘mitalari raislariga o‘rinbosar bo‘ldi

Osiyo futbol konfederatsiyasining yuridik qo‘mitasi raisiga O‘zbekiston MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov o‘rinbosar bo‘ldi. O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov esa hakamlar qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar etib tayinlandi.

O‘zbekistonda endi mahkumlarni bir koloniyadan boshqasiga o‘tkazish sud tomonidan hal etiladi

O‘zbekistonda endi mahkumlarni manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga, umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalardan — turmaga o‘tkazish sud tomonidan hal etiladi.

Toshkentda 3 kun davomida magnit bo‘roni kuzatiladi

Toshkentda 24 mart kuni kunduzi G3 darajali 5 balli magnit bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda. Keyingi 2 kun davomida bo‘ron kuchi kunning ayrim paytlarida 4 ballni tashkil etadi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda quruq va iliq ob-havo kutilmoqda. Kunduzi harorat +25, janub va cho‘l hududlarda +29 darajagacha ko‘tariladi.

Hindistondagi «Dok-1 Maks» siropi ishlab chiqaruvchisi litsenziyadan mahrum qilindi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtati rasmiylari Marion Biotech farmatsevtika kompaniyasining ishlab chiqarish litsenziyasini bekor qildi. Kompaniyaning «Dok-1 Maks» siropi O‘zbekistonda kamida 20 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan. Ilgariroq litsenziyaning amal qilish muddati to‘xtatilgandi.

Jizzaxda 300 boshdan ortiq baliq noqonuniy ovlangani aniqlandi

Jizzaxdagi «Arnasoy» suv ombori hududida ikki nafar shaxs 343 bosh baliqni noqonuniy ovlagani aniqlandi. Buning oqibatida hayvonot dunyosiga 201 mln so‘m zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola:

Ro‘zaga oid savol-javoblar

Saharlikka uxlab qolgan kishi ro‘zani qanday tutishi kerak, hech narsa yemasdan og‘iz yopish mumkinmi, ro‘zador odam g‘arg‘ara qilsa bo‘ladimi, ro‘zador odam tish pastasidan foydalansa bo‘ladimi — «Gazeta.uz» O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining ro‘zaga oid ayrim savollarga bergan javoblarini jamladi.