2022 yilda daraxtlarni noqonuniy kesishdan ko‘rilgan zarar 10 mlrd so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda 2022 yilda daraxt va butalarni noqonuniy kesish bo‘yicha 4599 ta holat aniqlangan. Taqqoslash uchun, 2021 yilda 8243 ta qoidabuzarlik qayd etilgan. Tabiatga yetkazilgan zarar 10 mlrd so‘mga baholanmoqda. Qurilish maydonchalarida to‘siqlar bilan o‘ralgan 24 ming daraxt xavf ostida qolmoqda.

Surxondaryoda 4 tup chinor kesganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qiziriq tumanidagi xo‘jalikda o‘suvchanligini yo‘qotmagan 4 tup katta yoshli chinor kesib ketildi. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 216 mln so‘m zarar yetkazildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish prokuraturaga yuborildi.

Yashnobod tumani sudi sudyasi $4 ming olganlikda gumonlanmoqda

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi sudyasi (erkak) 4000 dollar olganlikda gumonlanmoqda. Sudyalar oliy kengashi bosh prokuror taqdimnomasiga ko‘ra uni javobgarlikka tortishga rozilik berdi va sudyalik vakolatini tugatdi.

Toshkent aeroportida elektron chegara nazorati va bodiskanerlar ishga tushirildi

Uzbekistan Airports Toshkent aeroportida elektron chegara nazorati tizimi va qo‘l yuklarini tekshirish uchun yangi rentgen uskunalarini namoyish etdi. Endilikda yo‘lovchilar poyabzalini yechmasdan va suyuqlik idishlarini ochmasdan tekshiruvdan o‘tadi. Hududda yana bir Duty Free do‘koni, kafe va dorixona ham ochildi.

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida suv sathi 2 metrgacha pasaygan

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidagi suv sathi 2 metrgacha pasayib, hajm 36,8 mlrd metr kubga tushgan. Oqibatda qirg‘oq bo‘ylari 15−50 metrga chekinib, tuz qatlami hosil bo‘lgan. Senatga ko‘ra, bu o‘zgarishlar noyob qushlarning yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Dam olish kunlari faqat ayrim hududlardagina yomg‘ir yog‘adi

Shanba kuni O‘zbekistonning faqat janubi-sharqiy qismida yomg‘ir davom etadi, yakshanba kuni esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shanba kuni havo harorati kunduzi +10 darajagacha, yakshanba kuni esa +12 darajagacha isiydi. Joylarda tuman tushishi mumkin.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatgan shaxslar soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qurilmalarni o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar 1 apreldan ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘i, u egallab turgan uchastkalar uchun yer solig‘i va ishlab chiqarilgan energiyani sotishdan olingan foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.

O‘zbekistonda quyosh panellarini o‘rnatgan aholi rag‘batlantiriladi

O‘zbekistonda uylarga kichik quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha «Quyoshli xonadon» dasturi boshlanadi. 2023 yilda 37 ming aholi xonadoniga panellar o‘rnatish rejalashtirilgan. Yagona elektr energetika tizimiga o‘tkazilgan har bir kVt/soat uchun 1000 so‘m subsidiya ajratiladi.

2023 yilda 4300 MVtlik qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 2023 yilda umumiy quvvati 4300 MVt bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Bunga 15,4 mlrd dollar yo‘naltiriladi. Ijtimoiy obyektlar va davlat organlari binolariga bunday qurilmalarni o‘rnatish bo‘yicha «Yashil energiya» kompaniyasi tashkil etilmoqda.

O‘zbekistonda yangi ko‘p qavatli uylar tomlarining kamida 50 foizi quyosh panellari bilan qoplanadi

O‘zbekistonda yangi ko‘p qavatli uylar tomlarining bo‘sh qismining kamida 50 foiziga quyosh batareyalarini o‘rnatish talabi joriy etildi. Bu haqda prezident qaror qabul qildi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

«Kattalarga nisbatan bolalarning sog‘ayish darajasi yuqori». Bolalar saratoni haqida onkogematolog bilan suhbat

Bolalarda saratonning oldini olish imkoni bormi? Ota-onalar uni boshqa kasalliklardan qanday farqlashi mumkin? O‘zbekistonda saratonga chalingan bemor bolalar qanday davolanmoqda? «Gazeta.uz» shu kabi savollar bilan Bolalar milliy tibbiyot markazidagi onkogematolog Kamol Iskandarovga murojaat qildi.

16 fevralning 16 lahzasi

1999 yilning 16 fevral kuni yuz bergan ketma-ket besh portlash Toshkentni larzaga keltirgan edi. Teraktlar yuz bergan joylar o‘tgan 24 yil ichida qanchalik o‘zgargan? «Gazeta.uz» portlashlar yuz bergan kunda olingan foto va videomateriallarni 2023 yil fevralidagi manzaralar bilan taqqosladi.