O‘zbekistonda 1000 so‘mlik tangalar muomalaga chiqariladi

Markaziy bank 26 dekabridan boshlab 1000 so‘mlik tangalar muomalaga chiqarilishini ma’lum qildi. Tangalar ming so‘mlik banknotlar bilan parallel ravishda muomalada bo‘ladi.

Rossiya Xitoyni ortda qoldirib, O‘zbekistonning asosiy savdo sherigiga aylandi

Noyabrda Rossiya Xitoyni ortda qoldirib, O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkoriga aylandi. O‘zbekiston yetti oy ichida ilk bor oltin eksportini yo‘lga qo‘yib, bir oy ichida 556,7 mln dollarlik qimmatbaho metall sotdi. Mamlakat MDH davlatlari eksport bozorlariga tobora ko‘proq qaram bo‘lib bormoqda.

O‘zbekistondan Xitoyga gaz yetkazib berish bo‘yicha statistikalar bir necha karrasiga farq qilmoqda

O‘zbekiston noyabrda Xitoyga 39,6 mln dollarlik gaz eksport qilganini ma’lum qildi. Xitoy tomoni esa qariyb uch baravar yuqori — 114,2 mln dollarlik ko‘rsatkichni keltirdi. Davlat statistika qo‘mitasi bu farq bo‘yicha izoh berdi.

Toshkent Moskvadan sobiq Ittifoq davrida qatag‘on qilinganlarning jinoyat ishlarini talab qilib oladi — Oliy sud

173 nafar qatag‘on qurboni oqlangani haqida yozgandik. Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimovning aytishicha, bu «O‘zbekiston xalqini sobiq Ittifoqqa nisbatan bo‘ysundirish maqsadida qilingan xatti-harakatlardir». Toshkent Moskvadan boshqa qatag‘on qilinganlarning ham jinoyat ishlarini talab qilib oladi.

Dok-1 Maks" dori vositasini sotish to‘xtatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida 2 oy ichida «Dok-1 Maks» (Hindiston) tabletkalari va siropini ichgan 21 nafar bolada asoratlar yuzaga kelgani, 15 nafar bola vafot etgani haqida xabar paydo bo‘ldi. Dori savdosi to‘xtatildi, tergov boshlandi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari ittifoqchilik shartnomasini imzoladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma va chegarani demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Bundan tashqari, hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 15 ta hujjat qabul qilindi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston energetika loyihalarida hamkorlik qiladi

Toshkentdagi muzokaralarda O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari energetika obyektlarini modernizatsiya qilish va qurish, geologiya-qidiruv hamda tabiiy gazni chuqur qayta ishlash loyihalarini ilgari surish, shuningdek, transport infratuzilmasini kengaytirish loyihalarini jadallashtirishga kelishib oldi.

2023 yil uchun davlat budjeti: Asosiy ko‘rsatkichlar

Moliya vazirligi 2023 yilgi davlat budjetini taqdim etdi. Hujjat jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmadi. Unda YAIM 5,3%ga o‘sishi, inflyatsiya darajasi esa 9,5% atrofida bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Davlat budjeti taqchilligi chegarasi YAIMga nisbatan 3% miqdorida belgilandi.

Toshkentda qurilish maydoniga aylantirilishiga aholi qarshi chiqqan yashil hudud saqlab qolinadi

Toshkent shahar hokimligi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yashil hudud saqlab qolinishini ma’lum qildi. Qurilish haqidagi qaror aholi noroziligi sabab emas, daraxt kesishga moratoriy kiritilgani va tadbirkor belgilangan muddatda qurilishni boshlamagani uchun bekor qilingan.

Qashqadaryoda 28 yoshli ayolning jasadi hammomdan topildi

Kasbi tumanida 28 yoshli ayolning jasadi hammomdan topildi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida 3 bolali ayolni turmush o‘rtog‘i qasddan o‘ldirgani aniqlandi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.

Ostona shahrida Alisher Navoiy haykali o‘rnatiladi

Ostona shahri markazida buyuk o‘zbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy haykali o‘rnatiladi. Bu haqda qaror O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari o‘tkazgan uchrashuvda qabul qilindi.

Toshkent aeroportiga yangi direktor tayinlandi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga Shukurjon Gaipov direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U 2018 yildan hozirgacha «Toshkent-1» hukumat terminali rahbari lavozimida ishlab kelgan.

Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami jo‘natildi

O‘zbekiston Afg‘onistonga to‘qqizta maxsus yuk mashinasida navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi. Ularni topshirish marosimi Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududidida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston TIV delegatsiyasi «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqotida qatnashish uchun Tokioga boradi

Joriy yilning 22−25 dekabr kunlari O‘zbekiston TIV rahbari Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqoti tashqi ishlar vazirlarining 9-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Yaponiyaning Tokio shahriga tashrif buyuradi.

Banklarda dollarning sotish kursi yana arzonlab, 11 310 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 22 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 245 — 11 280 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 310 so‘m.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola va fotoreportaj:

Qozog‘iston prezidenti Toshkentda (foto)

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelib, Shavkat Mirziyoyev bilan poytaxtdagi Shayx Xovandi Tohur va To‘labiy maqbaralarini ziyorat qildi. Rasmiy kutib olish marosimi Xalqaro kongress markazida bo‘ldi.

Moliyaviy piramidalardan qanday saqlanish mumkin?

Moliyaviy piramida nima va u qanday ishlaydi? Uning tarmoqli marketingdan qanday farqi bor? Aldanib qolmaslik uchun nima qilish kerak? «Gazeta.uz» islom moliyasi bo‘yicha ekspert, qator xalqaro tashkilotlar kengashi a’zosi Xondamir Nusratxo‘jayev bilan hamkorlikdagi materialida ushbu savollarga javob beradi.