TIV urush harakatlari kuzatilayotgan chekka hududlardan o‘zbekistonliklarni olib chiqishni boshladi

Ukrainadan Polsha orqali evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar soni 5037 nafarga yetdi. Sumi shahridan 23 nafar talaba evakuatsiya qilingan. TIV evakuatsiya ishlarida asosiy e’tibor urush harakatlari kuzatilayotgan chekka hududlarda qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqishga qaratilganini ma’lum qildi.

Plastik kartochkalardan pul o‘g‘rilash og‘irlashtiruvchi holat sifatida e’tirof etiladi

Endilikda plastik kartalar va bank hisobraqamlardan pul o‘g‘rilash og‘irlashtiruvchi holat sifatida e’tirof etiladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 168 va 169-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni ko‘zda tutgan qonunni qabul qildi.

Qashqadaryoda 3 kishini yashin urdi, ulardan biri vafot etdi

Dehqonobod tumanida 3 kishini yashin urdi. Natijada ulardan biri vafot etdi, qolgan ikkisiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Qashqadaryoda kuchli shamol tomlarni uchirib, simyog‘ochlarni qulatib yubordi

Qashqadaryoning qator tumanlarida kuchli shamol binolarning tomini uchirib, simyog‘ochlarning qulashiga sabab bo‘ldi. Uch kishi jarohatlandi.

Avtomobil oldi-sotdisini notarial rasmiylashtirganlik uchun davlat boji kamaytiriladi

Qonunchilik palatasi deputatlari bir qator davlat boji miqdorlarini kamaytirishga oid qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda. Jumladan, hujjatda barcha avtomobillarning oldi-sotdi shartnomasini notarial rasmiylashtirganlik uchun davlat bojini yagona — 810 ming so‘m, «gendovernost» uchun esa — 540 ming so‘m etib belgilash nazarda tutilgan.

O‘zbekistonga 2,2 mln dozadan ortiq Moderna vaksinasi olib kelindi

Chorshanba kuni O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi 2 mln 257,6 ming doza Moderna vaksinasini qabul qilib oldi.

Foto: Olimpiya shaharchasi loyihasi taqdim etildi

Uning markazida olimpiya stadioni, yopiq sport majmualari, suv sporti saroyi, mashg‘ulot maydonchalari, eshkak eshish havzasi barpo etiladi. Musobaqalar bo‘lmagan vaqtda esa shaharchada Oliy sport mahorati instituti, sport federatsiyalari faoliyat olib boradi. Yangi O‘zbekiston ko‘chasida daraxtlar ekilib, sayilgoh tashkil etiladi (foto).

Uzbekistan Airways ikkinchi Airbus A321 havo kemasini qabul qilib oldi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga ikkinchi A321neo NX havo kemasi olib kelindi. Samolyot Toshkent — London, Toshkent — Seul, Toshkent — Kuala Lumpur kabi yo‘nalishlarda qatnovni amalga oshiradi.

Uzbekistan Airways Moskva va Sankt-Peterburgga qo‘shimcha reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

Uzbekistan Airways «yo‘lovchilar orasida talabning ortishi» munosabati bilan Toshkentdan Moskva va Sankt-Peterburgga qo‘shimcha reyslarni joriy qilmoqda.

Tojikiston O‘zbekistonning kovid-sertifikatlarini rasman tan oldi

15 martdan boshlab Tojikiston-O‘zbekiston davlat chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyati odatdagi ish rejimiga o‘tkazilmoqda. Tojikiston hukumati MDH davlatlari, shu jumladan O‘zbekiston tomonidan berilgan koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni rasman tan olishni boshladi.

Deputatlar Yo‘l harakatini tashkil etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda

Deputatlar yo‘llarda fuqarolar manfaatlarining ustuvorligini ta’minlash, ekologiyani muhofaza qilish, piyoda va velosiped harakatiga sharoit yaratishni nazarda tutuvchi «Yo‘l harakatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda. «Bundan buyon avtomobil haydashning o‘zi bo‘lmaydi. Mas’uliyat bir emas, o‘n baravar oshadi», — dedi Rasul Kusherbayev.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola va fotoreportajlar:

Yevropa Rossiya gazisiz yashay oladimi?

22 fevral kuni Germaniya kansleri Olaf Shols «Shimoliy oqim-2» loyihasining sertifikatsiyasini to‘xtatdi. Ko‘p o‘tmay AQSh ushbu loyiha operatoriga qarshi cheklovlar qo‘ygani ma’lum qilindi. 24 fevral kuni Rossiya Ukrainada «maxsus harbiy operatsiya» e’lon qilganligi ortidan esa gaz narxlari keskin oshishni boshladi. Ayni vaziyatda Yevropa va Rossiyaning energetika sohasidagi ko‘plab mutaxassislari Yevropaning Rossiya gazisiz yashay olish imkoniyatini tahlil qilishmoqda.

Yashil iPhone 13, iPhone SE va eng kuchli kompyuter — Apple o‘zining yangi mahsulotlarini taqdim qildi

Apple kompaniyasi iPhone SE, iPad Air va boshqa yangi mahsulotlari taqdimotini o‘tkazdi. Yangilangan iPhone SE smartfoni endi A15 Bionic protsessoriga ega. Taqdim etilgan yangi iPad Air esa MacBook kompyuterlarida o‘rnatilgan M1 protsessoriga ega bo‘ldi. Shuningdek, kompaniya o‘zining barcha kompyuterlaridan kuchliroq deb hisoblaydigan MacStudio`ni ham namoyish qildi.

Ayollarni tabriklayotgan Toshkent — foto

Poytaxt aholisi xotin-qizlarni bayram bilan qanday tabriklayotgani haqida «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam fotoreportajida.

Rossiyada faoliyatini to‘xtatgan yoki qisman cheklagan global kompaniyalar ro‘yxati kengayib bormoqda

Apple, BMW, Lego, Ikea, Canon, FedEx kabi logistika, raqamli texnologiyalar, onlayn-do‘konlar, yetkazib berish xizmatlari va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi global kompaniyalar Ukrainadagi urush ortidan Rossiyada o‘z faoliyatini to‘xtatmoqda.