2022 yilning yanvar oyida O‘zbekistonda 69 198 nafar chaqaloq tug‘ilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6918 taga ko‘p.

Shundan o‘g‘il bolalar soni — 35 401 nafarni, qiz bolalar soni esa — 33 797 nafarni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyati (8 516 nafar)da, eng kami esa Sirdaryo viloyatida (1 915 nafar) qayd etilgan.

Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 3408 nafar;
  • Andijon viloyati — 6249;
  • Buxoro viloyati — 3493;
  • Jizzax viloyati — 3198;
  • Qashqadaryo viloyati — 7417;
  • Navoiy viloyati — 1934;
  • Namangan viloyati — 6046;
  • Samarqand viloyati — 8516;
  • Surxondaryo viloyati — 6060;
  • Sirdaryo viloyati — 1915;
  • Farg‘ona viloyati — 7528;
  • Xorazm viloyati — 3386;
  • Toshkent viloyati — 4184;
  • Toshkent shahri — 5864.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, yangi yilning birinchi sutkasida 2316 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. 2018 yilda esa 1961 nafar, 2019 yilda — 1708 nafar, 2020 yilda 1974 nafar, 2021 yilda esa 1644 nafar chaqaloq tug‘ilgan.