«chaqaloq» tegli maqolalar


Buxoroda 5 kunlik chaqaloq ko‘chaga tashlab ketilgani aniqlandi
9 avgust 2023, 17:56

Buxoroda 5 kunlik chaqaloq ko‘chaga tashlab ketilgani aniqlandi

Qorako‘l tumanida 28 yoshli ayol 5 kunlik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketgani aniqlandi. IIB xodimlari tomonidan topilgan chaqaloq shifoxonaga yotqizilib, mutaxassislar nazoratiga olindi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug‘ildi
24 yanvar 2023, 09:50

Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug‘ildi

Namanganda YPX avtomobilida tug‘uruqxonaga olib ketilayotgan ayol qiz farzand ko‘rdi. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordam sabab ona-bolaning salomatligiga hech qanday ziyon yetmadi.

Samarqandda 4 nafar egizak tug‘ildi
3 noyabr 2022, 12:02

Samarqandda 4 nafar egizak tug‘ildi

Samarqandda 32 yoshli ayol 4 nafar egizak (2 o‘g‘il, 2 qiz) farzandli bo‘ldi. Jarrohlik amaliyoti bilan bajarilgan tug‘ruq jarayonidan so‘ng, Sog‘liqni saqlash vazirligi ona va bolalarni nazoratga oldi.

Andijonda shifokorlar 26 yoshli ayol qornida salfetkani unutib qoldirdi
23 may 2022, 16:28

Andijonda shifokorlar 26 yoshli ayol qornida salfetkani unutib qoldirdi

Asaka tumanida tug‘ruqxona shifokorlari 26 yoshli ayolning qornida salfetkani unutib qoldirgani oradan 10 oy o‘tib ma’lum bo‘ldi. Tuman hokimligi salfetka jarrohlik amaliyoti bilan olib tashlangani va bemorning salomatligi bo‘yicha shikoyati yo‘qligini ma’lum qildi. Tarmoqlarda tarqalgan video esa boshqa shifokorlarga o‘rnak bo‘lishi uchun suratga olingani va noma’lum shaxs tomonidan tarqatib yuborilgani aytilmoqda.

Nukusda yangi tug‘ilgan chaqaloq uni adashib o‘lik deb, «morg»ga berib yuborishgach vafot etdi
12 aprel 2022, 13:50

Nukusda yangi tug‘ilgan chaqaloq uni adashib o‘lik deb, «morg»ga berib yuborishgach vafot etdi

O‘tgan yili Nukusda shifokorlar yangi tug‘ilgan chaqaloqni xato tufayli o‘lgan deb qayd etib, patologiya byurosiga berib yuborishgan. Patologo-anatomik chaqaloqning ko‘krak qafasini ochganida uni hali tirik ekanligini aniqlagan, biroq, unga birinchi yordamni ko‘rsatmasdan, shifokorlarga qaytarib bergan. Chaqaloq vafot etdi, uch kishiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga oshirildi.

O‘zbekistonda yanvar oyida 69 mingdan ortiq chaqaloq tug‘ildi
22 fevral 2022, 15:55

O‘zbekistonda yanvar oyida 69 mingdan ortiq chaqaloq tug‘ildi

Yanvar oyida respublika bo‘yicha 69 198 nafar chaqaloq tug‘ildi, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 7 mingtaga ko‘p. Chaqaloqlarning yarmidan ko‘pini o‘g‘il bolalar tashkil etmoqda. Eng ko‘p tug‘ilishlar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda, eng kam tug‘ilish esa Sirdaryo viloyatida qayd etilgan.

Farg‘onada er-xotin qarzdorlikni undirishga kelgan MIB xodimiga chaqalog‘ini yoqib yuborish bilan tahdid qildi
14 oktabr 2021, 18:12

Farg‘onada er-xotin qarzdorlikni undirishga kelgan MIB xodimiga chaqalog‘ini yoqib yuborish bilan tahdid qildi

Quvasoy shahrida er-xotin 32,5 mln so‘m qarzdorlikni undirishga kelgan MIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, chaqalog‘ining ustiga benzin sepib, yoqib yuborish bilan qo‘rqitdi. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish va haqorat qilish moddalari bilan ish ochildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting