17 fevral kuni respublikada 272 kishi koronavirusga (avvalgi kun — 241) va 49 (47) kishi pnevmoniyaga chalindi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Bungacha o‘tgan sakkiz kun ichida ketma-ket pasayish kuzatilayotgan edi.

Pandemiya boshlanganidan buyon rasman qayd etilgan Covid-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 234,8 ming nafarni tashkil etdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi esa 95% ga yetdi.

Foto: SSV

Toshkent shahrida yangi kasallanganlar soni 107 (bir kun avval — 94), Toshkent viloyatida — 49 (60) tani tashkil etdi. Boshqa hududlarda bu ko‘rsatkichlar 20 holatdan oshmagan.

Kun davomida 2 nafar koronavirus ta’siridan o‘lim holati qayd etildi. Rasmiy ro‘yxatga olingan o‘limlarning umumiy soni 1614 nafarni tashkil etmoqda.