Statistika: vaksinatsiya boshlanganidan beri emlanganlarning qanchasi koronavirusga chalindi?

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov O‘zbekistonda COVID-19ga qarshi emlanganlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni taqdim qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy vaksinatsiyalash boshlanganidan beri (1 apreldan) jami koronavirus bilan kasallanish holatlarining bor-yo‘g‘i 285 tasi yoki taxminan 0,3 foizi emlanganlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Yanvar-avgust oylarida xorijdan O‘zbekistonga $4,9 mlrd pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, sakkiz oy davomida xorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 4,9 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 35 foizga ko‘proq.

Talabalarga tadbirkorlar tomonidan turar joylar quriladi

Hukumat qarori bilan talabalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida turar joylar quriladi. Buning uchun viloyat hokimlari tomonidan 0,5 gektargacha yer joylardan ajratiladi. Respublika bo‘ylab jami 228 ta talabalar turar joylari (400 o‘rinli) barpo etiladi.

Muxolifat bo‘lishidan O‘zbekiston jamiyati manfaatdor — Sodiq Safoyev

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev muxolifat jamiyat barqaror rivojlanishining asosiy faktorlaridan biri ekanligini ta’kidladi. Uning fikricha, bugun O‘zbekistonning jamiyati muxolifat bo‘lishidan manfaatdor. Senator muxolifat tabiiy tuzilishi kerakligini aytib, “hokimiyat berilmaydi, hokimiyat uchun kurashish kerak” degan aqidani esladi. U OAVlarini hozirgi kunda nihoyatda muhim muxolifat deb bilishini qayd etdi.

Latviya yangi elchisi Reynis Troksh o‘z faoliyatini boshladi

TIV rahbari Abdulaziz Kamilov yana bir bor tayinlangan Latviya elchisi Reynis Trokshni qabul qildi.

BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi rahbari Toshkentga keladi

BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi kotibi Geda Vali noyabrda O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Toshkentda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda 2022−2025 yillarga mo‘ljallangan yangi mintaqaviy dasturining imzolanishi kutilmoqda.

Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktablar Prezident sovrini bilan mukofotlanadi

Har yili ingliz, nemis, fransuz tillari (xorijiy tillar) o‘qitiladigan maktablar o‘rtasida xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab tanlovi o‘tkaziladi. Respublika bosqichida birinchi o‘rinni egallagan maktabga 500 mln so‘m mukofot beriladi.

OTMlarda guruh murabbiyi lavozimi bekor qilindi

Hukumat qarori bilan OTMlarda talabalar bilan ishlash bo‘yicha “guruh murabbiyi” instituti bekor qilindi. 1−3-kurs talabalari uchun muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam ko‘rsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Maktablarda fan olimpiadalarini o‘tkazish qoidalari yangilandi

Maktab va akademik litseylar o‘quvchilari o‘rtasidagi fan olimpiadalarining uchinchi va to‘rtinchi bosqichlari g‘oliblariga pul mukofoti beriladi. 4-bosqich g‘oliblariga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat OTMlariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va 3 yil davomida amal qiluvchi elektron sertifikatlar taqdim etiladi.

Prezident paralampiyachilarni tabriklab, o‘yinlardagi qiyinchiliklar haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev paralimpiyachilar bilan uchrashdi va O‘zbekiston terma jamoasining Paralimpiada yakunlari bo‘yicha so‘z yuritdi. “Musobaqaning dastlabki kunlarida 25 nafar sportchimizga nisbatan qattiq karantin talablari qo‘llangani ham, jiddiy muammolar tug‘dirdi”, — dedi u. Prezident, shuningdek, paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish choralarini e’lon qildi.

Roodell O‘zbekistonda Renault avtomobillari sotuvini boshlashga tayyorlanmoqda

Roodell O‘zbekistonda sotiladigan Renault avtomobillari taqdimotini o‘tkazdi. Birinchi bosqichda uchta model — ikki krossover va bir yo‘ltanlamasning sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilishda gumonlanayotgan 29 nafar ayol qo‘lga olindi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qidiruvdagi ikki ayol bilan muloqotda bo‘lib, ularning ko‘rsatmalari bo‘yicha “Hizb-ut Tahrir” ekstremistik tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qilishda gumonlanayotgan 29 nafar ayol qo‘lga olindi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

“Murabbiyning oliy maqsadi — shogirdining Olimpiadada chempion bo‘lishi” — og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayevning ustozi

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Bahrom Mendibayev “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida murabbiylik faoliyati, sportchilarni tanlashda nimalarga e’tibor berilishi va Olimpiada chempioni Akbar Jo‘rayev haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.