O‘zbekistonda koronavirus bilan qayta zararlanish holatlari aniqlandi. Bu haqda CCV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva ma’lum qildi.

«COVID-19 — bu yangi infeksiya. Organizmda bu virusga qarshi antitanacha ishlab chiqariladi. Ammo antitanachalar qanchalik chidamli, qayta zararlanish mumkinmi va bu holat qancha muddat davomida yuz berishi aniq emas. Bugungi kunda respublikamizda koronavirus bilan qayta zararlanish holatlari ham mavjud. Biz qayta zararlanish holatlari kuzatilishi mumkinligiga ilmiy tomonlama amin bo‘lishimiz lozim», — dedi u koronavirus haqidagi savollarga javob berar ekan.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda ilk bor avgust oyida Gongkongda koronavirusga takroran chalinish holati aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Oktyabrda esa Niderlandiyada 89 yoshli ayol yangi turdagi koronavirus virusini qayta yuqtirganidan so‘ng vafot etdi.