O‘zbekistonda birinchi COVID-19 bemori qayd etilgan kundan boshlab ilk bor kasallikdan tuzalganlar soni yangi koronavirus holatlaridan ko‘proq bo‘ldi.

21 aprel kuni O‘zbekistonda 51 ta yangi koronavirus bilan zararlanish holatlari qayd etildi. Bundan tashqari, bir nafar koronavirus bemori yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Ushbu kun mobaynida kasallikdan 96 kishi to‘liq sog‘ayib, umumiy tuzalgan bemorlar soni 357 kishiga yetdi.

Shunday qilib, 15 martdan boshlab 20 aprelga qadar umumiy koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni kundan-kunga faqat oshib borgan bo‘lsa, 21 aprel kuni holatiga ko‘ra tegishli tibbiyot muassalarida davolanayotgan bemorlar soni oldingi kunlarga nisbatan qisqardi.

20 aprel kuni 1366 bemor shifoxonalarda davolanayotgan bo‘lsa, 21 aprel kun yakuniga kelib davolanayotgan bemorlar soni 1321 nafarga teng bo‘ldi. 19 aprelda esa 1340 nafar bemor tibbiyot muassasalarida davolanayotgan edi.