dayjest

Qozog‘istondagi zilzila kuchi Toshkent shahri va viloyatida sezildi

Juma tongida Qozog‘istonda, Toshkentdan 20 km shimoli-g‘arbda 3,2 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Uning kuchi Toshkent shahri va viloyati aholisiga 2 balli darajada sezildi.


dayjest

“Tashabbusli budjet"ning 1-mavsumi g‘oliblari aniqlandi

“Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yil 1-mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi. Respublika bo‘yicha jami 2 770 ta loyiha g‘olib deb topildi, endi ularni moliyalashtirishga 3,3 trln so‘m yo‘naltiriladi. Bu galgi ovoz berish jarayonlarida 11,7 mln kishi ishtirok etdi.


dayjest

O‘zgidromet 9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfini e’lon qildi

5−7-aprel kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.


dayjest

Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadi Surxondaryoga olib kelindi

Qozog‘istonda YTHga uchrab, vafot etgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi Surxondaryo viloyatiga olib kelindi va yashagan manzillariga yuborildi. Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentiga jarayonda ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi.


dayjest

Shanba kuni hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Shanba kuni aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi, shamol kuchayib, momaqaldiroq ham bo‘lishi mumkin. Havo harorati +15…+18 darajaga tushadi. Yakshanba kuni esa quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat yana +20…+23 darajagacha ko‘tariladi, kechalari +7…+12 daraja atrofida bo‘ladi.


dayjest

Rahbarlarni Open Budget uchun ovoz yig‘ishga majburlagan Qiziltepa hokimi o‘rinbosari jarimaga tortildi

Tashkilot rahbarlarini Open Budget uchun ovoz yig‘ishga majburlagan Qiziltepa tumani hokimi o‘rinbosari O‘lmas Istamov jarimaga tortildi. U ovoz yig‘olmagan rahbarlarni ishdan olish bilan qo‘rqitgan va ularni “noinsoflar” deya atagandi.


dayjest

Toshkentdagi Artdocfest Asia kinofestivali tegishli ruxsatnoma olinmagani uchun to‘xtatildi — Madaniyat vazirligi

Toshkentdagi Artdocfest Asia doirasida Ukrainadagi urush haqidagi “Sharqiy front” filmi namoyishi to‘xtatildi. Keyinroq festival direktori dasturning boshqa namoyishlari ham taqiqlanganini xabar qildi. Madaniyat vazirligi bunga tashkilotchilar belgilangan tartibda ruxsat olmagani sabab bo‘lganini bildirdi.


dayjest

“Qozoq-o‘zbek tandemi — hayotiy zarurat” — Qozog‘iston prezidenti

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston rahbari bilan muzokaralarda “Qozoq-o‘zbek tandemi hayotiy zarurat bo‘lib, faqat uyushibgina mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishini ta’minlashimiz mumkin”, — deb ta’kidladi.


dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (6−7-aprel)

“Дыши” va yana oltita kinopremyera, ochiq osmon ostida kinonamoyishlar, teatrlardagi spektakllar, havo sharida ko‘tarilish, ko‘rgazmalar, ijodiy mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


dayjest

Andijonda 3 avtomobil ishtirokidagi YTHda 2 kishi vafot etdi

Xo‘jaobod tumanida Cobalt yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketishi sabab Damas bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida ikki mashina haydovchisi shifoxonada vafot etdi. Hodisada yana bir mashina — “Moskvich"ga ham zarar yetdi.


dayjest

DXX 4 ta hududda fuqarolarni AQShga noqonuniy yubormoqchi bo‘lganlarni qo‘lga oldi

DXX Andijon, Navoiy, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida AQShga fuqarolarni noqonuniy yuborishni va’da qilganlarni qo‘lga oldi. Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga fuqarolardan 14 mingdan 19 ming dollargacha pul so‘ralgan.


dayjest

Qozog‘iston prezidenti Urganchga keldi

Urganch aeroportida prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga tashrif buyurgan Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayevni kutib oldi. Foto.


dayjest

Samarqand−Toshkent−Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan 10−13-aprel kunlari Samarqand−Toshkent−Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.


dayjest

Isroil G‘azoga yordam yetkazilishi uchun yangi yo‘nalishlarni ochmoqda

Isroil G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazilishi uchun yangi yo‘nalishlar, jumladan, HAMAS bilan urush boshlanganidan beri yopiq bo‘lgan anklav shimolidagi “Erez” nazorat-o‘tkazish punktini ochishini ma’lum qildi. BMT avvalroq G‘azoning shimoliy viloyatlarida ommaviy ocharchilik xavfidan ogohlantirgandi.


dayjest

Bo‘stonliqda sinfdoshini kaltaklagan va kamsitgan qizlarning ota-onalari javobgarlikka tortildi

Toshkent viloyatida sinfdoshiga nisbatan bulling uyushtirgan, uni kaltaklab, haqoratlagan qizlarning ota-onalari javobgarlikka tortildi. Qizlar bilan maxsus psixologik korreksion ish olib borish uchun psixolog biriktirildi.


dayjest

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Xorazmda muzokaralar o‘tkazdi (foto, video)

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev Xivada o‘tgan muzokaralarda transport va energetikada infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish va boshqa masalalar bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, ular “Xiva gilamlari” kombinatini ko‘zdan kechirdi.


dayjest

Toshkent shahrining Sergeli tumanida qurilish chiqindilari yonib ketdi

Sergelida ochiq maydondagi qurilish chiqindilari yonib ketdi. Uni o‘chirish uchun 5 ta qutqaruv ekipaji chaqirildi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.


dayjest

Toshkentda bir qator loyihalar konsepsiyasini ishlab chiqish uchun 825 mln so‘m ajratildi

Toshkent shahri hokimligi prezidentning poytaxtdagi ikki tumanga tashrifi yakunlari bo‘yicha loyiha konsepsiyalarini ishlab chiqishga 825 mln so‘m ajratdi. “Chorsu” va “Eski jo‘va” bozorlari rekonstruksiyasi, “turizm halqasi"da yo‘laklar, mahallalarda mikro bog‘lar qurish va boshqalar shular jumlasidan.


dayjest

2023-yilda O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar 16 foizga kamaydi

2023-yilda O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 16 foizga — 2,6 mlrd dollardan 2,2 mlrd dollargacha qisqardi. Joriy operatsiyalar hisobi taqchilligining YAIMga nisbati tarixiy maksimum — 8,6 foizga yetdi (7,8 mlrd dollar).


dayjest

O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari temiryo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etishni ma’qulladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalarini muhokama qildi. Bundan tashqari, ular ikki davlat temiryo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Qo‘shma korxona Transafg‘on yo‘nalishini rivojlantirishda ishtirok etadi.


dayjest

O‘zini o‘zi band qilganlar 100 mln so‘mgacha kafolatsiz kredit olishi mumkin bo‘ladi

Prezident qarori bilan o‘zini o‘zi band qilganlarga oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit jalb qilish imkoniyati berildi. Ayrim hollarda kreditlar naqd pul ko‘rinishida ajratilishi mumkin. Kredit muddati va imtiyozli davr ham oshirilmoqda.