Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida 3 avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

2024-yil 4-aprel kuni soat 15:30larda Xo‘jaobod tumani “Mustaqillikni 27 yilligi” MFY hududidan o‘tgan, A373-M39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali Osh avtomobil yo‘lining 441 kilometrida 2002-yilda tug‘ilgan G. A. Cobalt avtomashinasini boshqarib ketayotib, quvib o‘tish qoidasini buzib, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tgan. Oqibatda o‘z yo‘nalishida kelayotgan, 1991-yilda tug‘ilgan A.B. boshqaruvidagi Damas bilan to‘qnashgan.

Damas to‘qnashuv oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va o‘zi bilan bir yo‘nalishda yonma-yon kelayotgan, 1990-yilda tug‘ilgan N.X. boshqaruvidagi “Moskvich-412” avtomashinasiga borib urilgan.

Ushbu YTH oqibatida Cobalt haydovchi A.G. bosh chanoq suyagining yopiq sinishi, ko‘krak qafasining ezilishi, Damas avtomashinasi haydovchisi B.A. bosh chanoq suyagining hamda o‘ng yelka va umrov suyaklaring yopiq sinishi, yo‘lovchisi 1995-yilda tug‘ilgan A.O. chap oyoq boldir suyaklarning yopiq sinishi tashxisi bilan Respublika SHTTYOMga yotkizilgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay Cobalt haydovchi A.G. va Damas haydovchisi B.A. shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan, Xo‘jaobod tumani IIB Tergov bo‘linmasi xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.