Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 10, 11, 12, 13-aprel kunlari 775/776-sonli Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishidagi “Afrosiyob” elektropoyezdi quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

  • 775-sonli Samarqand-Toshkent yo‘nalishi: Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26;
  • 776-sonli Toshkent-Samarqand yo‘nalishi: Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.

Chiptalarni temiryo‘l chiptaxonalari, eticket.railway.uz sayti orqali xarid qilish mumkin. Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.