Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi 5-aprel tongida Surxondaryo viloyatidagi Termiz xalqaro aeroportiga olib kelindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

жасадларни vatanga қайтариш, йтҳ

Hukumat farmoyishi bilan tashkil etilgan maxsus komissiya 4-aprel kuni Qozog‘istonga yetib borgandi. Uning a’zolari Qozog‘istonning mas’ul idoralari rahbarlari bilan uchrashib, belgilangan tashkiliy va amaliy tadbirlarni hamkorlikda olib borgan.

Fuqarolarning jasadi Mudofaa vazirligining maxsus bortida keltirildi.

жасадларни vatanga қайтариш, йтҳ

жасадларни vatanga қайтариш, йтҳ

“Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash va Transport vazirliklari hamkorligida 8 nafar vafot etgan fuqaroning jasadlari yashash manzillariga yuborildi. Hozirda mahalliy hokimliklar tomonidan dafn marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.

FVV Qozog‘istonning mas’ul idoralari vafot etganlarni O‘zbekistonga olib kelishida yaqindan ko‘maklashganini qo‘shimcha qildi.

Bir kun avval Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentiga halokatda vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga bildirilgan hamdardligi uchun minnatdorlik yo‘llagandi. Unda hodisa sabablarini aniqlash va marhumlarni vatanga olib kelishda O‘zbekistonning maxsus hukumat komissiyasi va idoralariga Qozog‘iston hukumati tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun ham tashakkur aytilgan.