Toshkent va boshqa viloyatlardagi 100 dan ortiq binolar O‘zbekistonning bolalar huquqlarini qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolat sifatida bugun oqshom moviy rang bilan yoritildi. «Dunyoni moviy rangga bo‘ya» global aksiyasi Jahon bolalar kuniga bag‘ishlandi.
«Zamin» fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatdan ajratib qo‘yish amaliyotiga chek qo‘yish va bu boradagi ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. UNICEF`ning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xan bilan nogironligi bo‘lgan bolalarga nisbatan stigma va diskriminatsiyaga barham berish bo‘yicha umummilliy kampaniya boshlanishi e’lon qilindi.
Zamin fondi ko‘magida ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining eshitish qobiliyati zaif 2000 nafar o‘quvchisiga ikkitadan eshitish uskunasi topshirilmoqda.
Zamin fondi loyihasi doirasida sentyabr oyidan noyabr oyigacha 23 nafar bolalarning eshitish qobiliyati tiklandi. Fondning dasturiga ko‘ra, 2021 yilda ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilari uchun koxlear implantatsiya bo‘yicha jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
19 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan xalqaro veb-forumda Ziroat Mirziyoyeva nogiron bolalarning ta’limi, ularga inklyuziv muhitni yaratish va bunda paydo bo‘layotgan to‘sqinliklar haqida nutq so‘zladi. «Zamin» Xalqaro fondi Vasiylik kengashi raisi nogironligi bo‘lgan bolalar ta’limi masalasi hanuzgacha juda achinarli ahvolda ekanligini ta’kidlagan.
Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamda «Zamin» xalqaro jamoat jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat o‘z ichiga aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish va inklyuziv ta’limni rivojlantirish kabi masalalarni oldi.
Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi «Zamin» fondining atmosfera havosi ifloslanishining monitoringini avtomatlashtirish loyihasining birinchi bosqichi yakuniga yetdi. Yana ikki bosqich amalga oshirilgach, har soatda havo sifatini nazorat qilish mumkin bo‘ladi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting