19 va 20 noyabr kunlari Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Qashqadaryo, Qoraqalpog‘iston va boshqa viloyatlardagi 100 dan ortiq zamonaviy va tarixiy binolar ko‘k rang bilan yoritildi. Shu tariqa O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasining (YUNISEF) Jahon bolalar kunida bolalar huquqlarini qo‘llab-quvvatlovchi «Dunyoni ko‘k rangga bo‘yab» global kampaniyasiga qo‘shildi.

Avvalroq YUNISEF va «Zamin» xalqaro jamoat fondi «To‘siqlar» umummilliy aksiyasi e’lon qilingani haqida yozgan edik. U bir yil davom etadi va odamlarning, xususan, nogiron bolalarning asosiy xizmatlardan foydalanishini osonlashtirishga qaratilgan.

Suratlar «Zamin» xalqaro fondi va YUNISEF tomonidan taqdim etilgan.