Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida Nexia va SHACMAN yuk mashinasi ishtirokida fojiali yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV matbuot xizmati Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmatiga tayanib xabar qildi.

13 iyul kuni fuqaro E.F. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasini «Sho‘rsuv» mahallasi hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi harakatlanib kelayotgan M.A. boshqaruvidagi SHACMAN rusumli yuk avtomashinasiga urilgan. Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga olib kelsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.