2 iyul kuni Toshkentda yo‘l-transport hodisasida ikki yoshli bola vafot etdi, deya xabar berdi shahar ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Hodisa 2 iyul kuni soat 12:00 da Uchtepa tumanidagi Xondamir ko‘chasida yuz bergan bo‘lib, Spark haydovchisi Z. N. (38 yoshda) ikki yoshli S. X. ni urib yuborishi oqibatida qiz tan jarohatlari olgan va keyinchalik kasalxonada vafot etgan.

IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, YTHning taxminiy sababi: haydovchi to‘satdan yo‘lga chiqib olgan bolani ko‘rmay qolgan. Bola qarovsiz qoldirilgan.

Ushbu hodisa bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.