Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining Toshkent-Jizzax yo‘nalishida ko‘prik cho‘kishi oqibatida harakat cheklandi. Haydovchilar uchun aylanma yo‘l tashkil etildi. Toshkentga yo‘l olgan transport vositalari eski yo‘ldan harakatni davom ettirishlari mumkin.
Xorazm YHXB “ilg‘or mamlakatlar tajribasi” asosida bolalar ishtirokidagi YTHlarning oldini olishning yangi usulini taklif qildi. Unga ko‘ra, o‘tish joylaridan oldin STOP belgisi chiziladi. O‘quvchilar qo‘llarini ko‘tarib, yo‘lni kesib o‘tadi va minnatdorlik belgisi sifatida haydovchilarga ta’zim qiladi.
Xalqaro velosport musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan 10−11−13−14-may kunlari soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Bo‘stonliq va Yuqori Chirchiq tumanlaridan o‘tgan avtomobil yo‘llarida harakatlanish to‘xtatildi. Ro‘yxat.
O‘zbekistonda 2022 yilda 2021 yilga nisbatan YTHlar soni 1 foizga kamaydi. Ularda halok bo‘lganlar soni 3 foizga kamaygan bo‘lsa, jarohatlanganlar soni 4 foizga oshdi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati 2023 yilga borib YTH va o‘limlar sonini 15 foizga kamaytirishni maqsad qilgan.
O‘zbekistonda harakat tezligi 60 km etib belgilangan cheklov ko‘chalarda taqiqlovchi belgilar va moslashtirilgan tezlikni aniqlovchi moslamalar o‘rnatilgach kuchga kiradi. YHXX mas’uli haydovchilardan yangi tartibga hozirdan amal qilishni so‘radi.
Tarmoqlarda Mingbuloq tumani hokimining haydovchisi boshqaruv vaqtida qo‘l telefonidan foydalangani aks etgan surat tarqaldi. YHXX Trailblazer avtomobili haydovchisiga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilgani va u 900 ming so‘m jarima to‘laganini ma’lum qildi.
17 yanvar kuni yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi bayoni bilan Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahar va viloyatlarning ayrim hududlarida transport vositalarining harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi. Ushbu cheklov qaysi ko‘chalarda amal qilish haqida ma’lumot.
1 dekabrdan yo‘llarda qoidabuzarlik uchun jarima ballarni hisoblash test rejimida boshlandi. Xo‘sh, jarima ballarini kuzatib borsa bo‘ladimi? Qoida buzmagan haydovchilar rag‘batlantiriladimi? Jarimalar 12 balldan oshsa nima bo‘ladi? Shu va boshqa savollarga «Gazeta.uz» bilan suhbatda YHXX boshlig‘i javob berdi.
IIV YHXX boshlig‘i Olim Saidov “Gazeta.uz"ga hududlarda ruxsat etilgan harakatlanish tezligini pasaytirish masalasi dekabr oyida uzil-kesil hal bo‘lishini ma’lum qildi. Mamlakatning barcha hududlarida tezlikni pasaytirish bo‘yicha kengashlar qarorlari Respublika komissiyasiga taqdim etildi.
1 dekabrdan boshlab yashil va qizil yo‘lak tamoyili Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» yo‘l-patrul xizmati statsionar postida joriy etildi. Endi to‘lanmagan jarimasi bor, ortiqcha yukli, sug‘urta polisi muddati tugagan va boshqa kamchiliklari bor avtomobil haydovchilari Qamchiq dovonidan harakatlana olmaydi.
1-dekabrdan haydovchilar qoidabuzarligi uchun jarima ballarni hisoblash test rejimida ishga tushiriladi. Test rejimi vaqtida aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha ballar hisobga olinmaydi.
O‘zbekistonda olti oyda 3559 ta YTH sodir bo‘ldi (bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,2 foizga kam), ularda 2775 kishi jarohat oldi (-2,4%), 784 kishi esa halok bo‘ldi (-13,9%). YTHlarning qariyb to‘rtdan biri tezlikni oshirish oqibatida yuzaga kelgan. Salkam yarmi esa piyodalarni urib ketish bilan bog‘liq.
29 may kuni IIO xodimlari o‘rtasida marafon o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkentdagi bir qator ko‘chalar 07:00 dan 11:00 gacha avtotransportlar harakati uchun yopiladi.
Dislokatsiya ko‘chirmasi bilan tanishish murakkablashganiga qaramay, YPX inspektorlari «nazoratsiz qolmaydi», — dedi YHXX boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorov. Lekin u nima sababdan xaydovchilar dislokatsiya ko‘chirmasi bilan joyida tanishish huquqidan mahrum qilinganiga izoh bermadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting