«yashil makon» tegli maqolalar


Matilda Dimovska: «Yashil makon» loyihasi puxta rejalashtirish va samarali muvofiqlashtirishni talab qiladi
22 aprel 2022, 12:48

Matilda Dimovska: «Yashil makon» loyihasi puxta rejalashtirish va samarali muvofiqlashtirishni talab qiladi

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovskaning fikricha, «Yashil makon»ning butun mamlakat bo‘ylab 1 mlrd daraxt ekish bo‘yicha katta loyihasi havoni tozalash va odamlar hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, daraxtlarni ekish va parvarishlash jarayonini boshqarish bo‘yicha kompleks yondashuv qabul qilinmasa, daraxtlarning taqdiri mavhum bo‘lib qoladi. Shuning uchun ko‘chat ekishni texnik-iqtisodiy asoslash va loyiha ishtirokchilarining sa’y-harakatlarini samarali muvofiqlashtirish tizimi zarur.

Foto: Olimpiya shaharchasi loyihasi taqdim etildi
9 mart 2022, 11:38

Foto: Olimpiya shaharchasi loyihasi taqdim etildi

Poytaxtning Yashnobod tumanidagi 100 gektar maydonda Olimpiya shaharchasi quriladi. Uning markazida olimpiya stadioni, yopiq sport majmualari, suv sporti saroyi, mashg‘ulot maydonchalari, eshkak eshish havzasi barpo etiladi. Musobaqalar bo‘lmagan vaqtda esa shaharchada Oliy sport mahorati instituti, sport federatsiyalari faoliyat olib boradi. Yangi O‘zbekiston ko‘chasida daraxtlar ekilib, sayilgoh tashkil etiladi (foto).

«Matematikani qayerda o‘qigansiz?» Prezident — Avtoyo‘l qo‘mitasi rahbariga
6 fevral 2022, 22:39

«Matematikani qayerda o‘qigansiz?» Prezident — Avtoyo‘l qo‘mitasi rahbariga

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbari Abdurahmon Abduvaliyev prezidentning necha foiz yo‘l yoqalariga daraxt ekilgani haqidagi savoliga noto‘g‘ri javob berdi. Javobni eshitgan Shavkat Mirziyoyev undan: «Matematikani qayerda o‘qigansiz», — deb so‘radi.

Prezident daraxt ekishdagi qo‘shib yozishlar haqida ma’lum qildi
6 fevral 2022, 10:49

Prezident daraxt ekishdagi qo‘shib yozishlar haqida ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» dasturi doirasida ekilgan daraxtlar bo‘yicha raqamlarga ishonmasligini ma’lum qildi. U, shuningdek, Yunusobod tumani hokimi Jahongir Ibrohimov daraxt ekish bo‘yicha reja bajarilmagani uchun lavozimidan chetlashtirilganini aytdi.

1 martdan «Yashil yillik» umummilliy tadbiri boshlanadi
3 fevral 2022, 11:27

1 martdan «Yashil yillik» umummilliy tadbiri boshlanadi

Prezident 1 martdan «Yashil yillik» umummilliy tadbiri boshlanishini ma’lum qildi. Joriy yil bahor mavsumida «Yashil makon» loyihasi doirasida 125 mln dona daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilmoqda. Aholiga kamida 10 mln dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari bepul tarqatiladi. «Agar O‘zbekistonda ekologiyani yaxshilayman desa, har yili har bir xonadon ikkitadan daraxt eksin. Har bir tashkilot beshtadan daraxt eksin, qaysi tashkilot bo‘lishidan qat’i nazar», — dedi prezident.

«Amirsoy» hududida «Diplomatlar bog‘i» tashkil etildi
13 dekabr 2021, 13:25

«Amirsoy» hududida «Diplomatlar bog‘i» tashkil etildi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va xorijiy davlatlarning elchilari «Amirsoy» hududida tashkil etilgan «Diplomatlar bog‘i»da daraxt ekishdi. Turkiya elchisi Olgan Bekar kelajakni asrab qolish uchun bu ham bir imkoniyat ekanligini ta’kidladi.

Toshkent viloyati hokimligi binosi panjaralari olib tashlandi. O‘rniga daraxtlar ekiladi
26 noyabr 2021, 13:19

Toshkent viloyati hokimligi binosi panjaralari olib tashlandi. O‘rniga daraxtlar ekiladi

Toshkent viloyatida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yashil bog‘ tashkil etish maqsadida hokimlik binosi atrofidagi panjaralar olib tashlandi. Ularning o‘rniga daraxt ko‘chatlari ekiladi.

O‘zbekistonda yil yakuniga qadar 560 ming gektar maydonda «yashil qoplamalar» tashkil etiladi — Aziz Abduhakimov
23 noyabr 2021, 15:38

O‘zbekistonda yil yakuniga qadar 560 ming gektar maydonda «yashil qoplamalar» tashkil etiladi — Aziz Abduhakimov

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov mamlakatda 2021 yil oxiriga qadar 560 ming gektar maydonda «yashil qoplamalar» tashkil etilishini ma’lum qildi. Shundan 375 ming gektarida o‘rmonzor barpo etiladi.

Yashil maydonlarni rejalashtirish, hisobga olish va daraxtlarni davolash qanday bo‘lishi kerak — Zinoviy Novitskiy tavsiyalari
11 noyabr 2021, 10:20

Yashil maydonlarni rejalashtirish, hisobga olish va daraxtlarni davolash qanday bo‘lishi kerak — Zinoviy Novitskiy tavsiyalari

Avvaldan ishlab chiqilgan loyihalarsiz daraxt ekish mumkin emas. Kasal daraxtlarni kesish emas, balki davolash kerak. «Yashil Makon» loyihasini amalga oshirishda o‘tmishdagi xatolarni takrorlamaslik uchun nima qilish kerak? Daraxt turlarini to‘g‘ri tanlash, ularni ekish, parvarishlash, hisobga olish va davolashni tashkil etish to‘g‘risida qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Zinoviy Novitskiy maqolasida.

Yiliga 200 mln tup daraxt va buta ko‘chatlari ekiladi — prezident
2 noyabr 2021, 19:35

Yiliga 200 mln tup daraxt va buta ko‘chatlari ekiladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 mln tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejasini ma’lum qildi. 2 noyabrdan 10 dekabrgacha bo‘lgan muddat daraxt ekish bo‘yicha «dolzarb 40 kunlik» deb e’lon qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting