«xorazm» tegli maqolalar


Urganchda avtobus avariyaga uchradi, ikki kishi halok bo‘ldi
13 may 2022, 10:31

Urganchda avtobus avariyaga uchradi, ikki kishi halok bo‘ldi

Urganch shahri markazida avtobus YTHga uchradi. Uning ikki yo‘lovchisi halok bo‘ldi, yaradorlar ham bor. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda o‘nlab odamlar ag‘darilib ketgan avtobusni ko‘tarib, yo‘lovchilarga yordam berayotganini ko‘rish mumkin.

YeTTB O‘zbekistonga chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish uchun ikkita kredit ajratadi
29 mart 2022, 16:25

YeTTB O‘zbekistonga chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish uchun ikkita kredit ajratadi

YeTTB Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yangi sanitariya poligonlarini qurish hamda qattiq maishiy chiqindilarni yig‘adigan maxsus uskunalar xarid qilish uchun umumiy qiymati 120 mln dollar miqdorida kredit ajratmoqda.

Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm hokimlari Olimpiya va Paralimpiya sovrindorlarini mukofotladi
15 sentabr 2021, 11:28

Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm hokimlari Olimpiya va Paralimpiya sovrindorlarini mukofotladi

Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari rahbarlari Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilarni avtomashina va uy bilan mukofotladi. Avvalroq, sportchilarga prezident sovg‘asi ham topshirilgan edi.

Huquq himoyachisi Hayitboy Yoqubov vafot etdi
2 sentabr 2021, 01:10

Huquq himoyachisi Hayitboy Yoqubov vafot etdi

Xorazmlik huquq himoyachisi Hayitboy Yoqubov vafot etdi. U uzoq yillar mobaynida majburiy mehnat, korrupsiya va adolatsizlikka qarshi kurashgan, fermerlar va ishchilarni himoya qilgan.

Xorazmda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan maktab o‘quvchisi sodir etgan YTHda uch kishi halok bo‘ldi
12 may 2021, 15:39

Xorazmda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan maktab o‘quvchisi sodir etgan YTHda uch kishi halok bo‘ldi

Xorazmda 10-sinf o‘quvchisi Lacetti avtomashinasida qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, Damas rusumli avtomashinaga borib urilgan. Natijada uch kishi vafot etdi. Lacetti boshqargan o‘quvchining haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan.

Xorazmda «samosud» uyushtirgan ayollarga jazo tayinlandi
21 aprel 2021, 14:40

Xorazmda «samosud» uyushtirgan ayollarga jazo tayinlandi

Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani «Oqdarband» qishlog‘i hududida to‘rt ayol ulardan birining oilali o‘g‘li bilan yashab kelayotgan boshqa bir ayolning kiyimlarini yirtib, qaychi bilan sochlarini kesib «samosud» uyushtirgan edi. Ularga jazo tayinlandi.

Amudaryo orqali o‘tadigan yangi ko‘prikka tamal toshi qo‘yildi
22 dekabr 2020, 18:00

Amudaryo orqali o‘tadigan yangi ko‘prikka tamal toshi qo‘yildi

Amudaryo orqali Xorazm viloyati Qoraqalpog‘iston Respublikasini bog‘lovchi 413 metrlik ko‘prik qurilishi boshlandi. Ko‘prik qurilishi 2022 yil sentabr oyiga yakunlanishi rejalashtirilgan.

«Prezident bir yilda bir kelib, ko‘rib ketgani bilan natija bo‘lib qolmaydi» — Shavkat Mirziyoyev
13 dekabr 2020, 13:30

«Prezident bir yilda bir kelib, ko‘rib ketgani bilan natija bo‘lib qolmaydi» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Urganch shahridagi yig‘ilishda har bir hokim, iqtisodiy kompleks rahbarlari hududdagi muammolar bo‘yicha tizimli ishlashi kerakligini ta’kidladi. «Prezident bir yilda bir kelib, ko‘rib ketgani bilan natija bo‘lib qolmaydi», dedi u. Shavkat Mirziyoyev «mahalla raisi — islohotchi» tamoyili asosida ijtimoiy muammolarni hal qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Xorazmga jo‘nab ketdi
12 dekabr 2020, 11:15

Shavkat Mirziyoyev Xorazmga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlarning mahallabay tizimda yo‘lga qo‘yilgani va ularning odamlar hayotidagi ifodasini ko‘rish uchun Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi.

Xorazmda «samosud»: Bir guruh ayollar boshqa bir ayolni yechintirib, jarayonni videoga olishdi
23 noyabr 2020, 19:04

Xorazmda «samosud»: Bir guruh ayollar boshqa bir ayolni yechintirib, jarayonni videoga olishdi

Xorazmda bir guruh ayollar boshqa bir ayolning qizligini tekshirish maqsadida yechintirib, jarayonni videoga olishdi. «Samosud» ishtirokchilarining shaxsi aniqlanib, hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Xorazmda kadastr bo‘limi boshlig‘i tadbirkordan 20 ming dollar pora talab qildi
20 avgust 2020, 11:27

Xorazmda kadastr bo‘limi boshlig‘i tadbirkordan 20 ming dollar pora talab qildi

Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushlandi. U 15 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 20 ming AQSH dollari miqdorida pora talab qilganlikda ayblanmoqda.

Tergov departamenti Xorazmdagi «samosud» yuzasidan ma’lumot berdi
4 avgust 2020, 16:18

Tergov departamenti Xorazmdagi «samosud» yuzasidan ma’lumot berdi

Xorazm viloyati Gurlan tumanida sodir etilgan «samosud» bo‘yicha ma’lumot berildi. Aniqlanishicha, 24 yoshli ayol turmush o‘rtog‘i bilan uchrashgan 20 yoshli boshqa bir ayolni dugonalari bilan birgalikda ushlab olib, kaltaklagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting